Taslim boʻlish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(So'zsiz taslim bo'lishdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Taslim boʻlish, soʻzsiz taslim boʻlish, kapitulyatsiya — (xalqaro huqukda) — urushayotgan tomonlardan birining yengilganligiga iqror boʻlib, qarshilik koʻrsatishni toʻxtatishi va qurolni tashlashi. Taslim boʻlish kapitulyatsiya toʻgʻrisidagi hujjatni imzolash tarzida uzilkesil rasmiylashtiriladi. Odatda, bunda hamma qurolyarogʻlar, texnika, harbiy mulk gʻolibga oʻlja sifatida, shaxsiy tarkib esa — asirlar tarzida beriladi. Magʻlub tomon hech qanday shartlar, qoʻshimcha izohlarni oʻrtaga qoʻymay soʻzsiz Taslim boʻlish aktini imzolaydi (mas., 1945 y. fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning Taslim boʻlishi).