Skybound Entertainment

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skybound Entertainment
Turi biznes
Egasi Image Comics
Qachon asos solingan 1992
Asoschi(lari) Robert Kirkman

Skybound Entertainment [tahrir | manbasini tahrirlash]

Skybound Entertainment — Robert Kirkman va Devid Alpert tomonidan asos solingan boʻlib, Amerika koʻngilochar kompaniyasi hisoblanadi[1]. Kompaniya Walking Dead franshizasi hamda Unbreakable animatsion seriyasi bilan mashhur[2].

Skybound bosh direktori Devid Alpert 2016-yilgi San-Diego Comic-Con xalqaro koʻrgazmasida Skybound jonli efirida.
Robert Kirkman 2016 — yilda San-Diego Comic-Con International paytida Skybound stendida dastxat qoʻyadi

2010-yilda tashkil etilganidan beri Skybound anʼanaviy va yangi media, komikslar, oʻyinlar, seriallar, filmlar va raqamli media seriyalari kabi turli koʻngilochar sohalarda ishlamoqda.

2015-yilda Skybound Norman Ridus va Djimon Xounsou ishtirok etgan Air filmini ishlab chiqardi va oʻsha yili Spin Master Entertainment va Atomic Cartoons kompaniyalari 2011-yilda Kirkman Jeyson Xovard bilan birga yaratgan Super Dinozavr komikslari asosida animatsion seriyani ishlab chiqishi eʼlon qilindi. Va bu Serial 2018-yilda boshlangan.

Ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Skybound Entertainment Vankuverda Skybound North ofisining ochilishi bilan xalqaro miqyosda kengaydi. Oʻsha yili Skybound Samsung Milk VR platformasi uchun „Gone“ deb nomlangan birinchi virtual reallik hikoya filmini chiqardi. Filmda yosh qizning oʻyin maydonchasidan gʻoyib boʻlishi, shuningdek, oila aʼzolarining sayohati, ular nima boʻlganini bilib olishlari haqida hikoya qilinadi. Serial 360 daraja formatda suratga olingan.

2017-yilda kompaniya onlayn kontent uchun oʻzining raqamli studiyasini ishga tushirdi[3]. Xuddi shu yili kompaniya original raqamli kontentni yaratish va tarqatish uchun oʻz studiyasini ochdi.

Devid Alpert va Robert Kirkmanning AMC ning The Walking Dead seriyasidagi muvaffaqiyatidan soʻng, duet Kirkmanning Outcast komiksning ikkinchi televizion moslashuvini eʼlon qildi. Serialda Patrik Fugit oʻynagan bosh qahramon Kayl Barns oʻn yillar davomida Virjiniya shtatidagi kichik shaharchasini qoʻl ostida ushlab turgan jinga qarshi kurashga qaratilgan. Serial 2016-yil 3-iyunda Cinemax platformasida chiqdi va 2 fasl davom etdi.

Skybound, shuningdek, komikslar tarixi va olamidan keng koʻlamli mavzularni oʻrganuvchi Robert Kirkmanning „Komikslarning maxfiy tarixi“ hujjatli seriyasini ham chiqardi. Serialning premyerasi 2017-yil 12-noyabrda AMC da boʻlib oʻtdi[4][5].

2017-yilda Kirkmanning ikkinchi mashhur „Unbreakable“ komikslari asosida film ishlab chiqilayotgani, loyiha prodyuseri Set Rogen va Evan Goldberg boʻlganligi eʼlon qilindi. Serialning bosh prodyuseri va yaratuvchisi Robert Kirkman boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who We Are…“ (inglizcha). Skybound Entertainment. Qaraldi: 19-may 2022-yil.
  2. „THE WALKING DEAD Trademark of ROBERT KIRKMAN, LLC - Registration Number 4429084 - Serial Number 85030452 :: Justia Trademarks“ (inglizcha). trademarks.justia.com. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2022-yil.
  3. John Gaudiosi. „Skybound Entertainment Founder Robert Kirkman Talks Comics, Video Games And The Walking Dead“ (inglizcha). Forbes. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  4. „Robert Kirkman's Secret History of Comics Videos | Trailers, Recaps, Previews, Behind the Scenes | AMC“ (inglizcha). 25-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.
  5. „Secret History of Comics (TV Series 2017–) - IMDb“. 7-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2021-yil.