Skvol Leonhart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Skvol Leonhart[1] (yaponcha: スコール・レオンハート, Squall Leonhart) — 1999-yilda Square (hozirgi Square Enix) tomonidan chiqarilgan yapon rolli oʻyini Final Fantasy VIII ning bosh qahramoni. Qahramon dizayni rassom Tetsuya Nomura tomonidan loyiha direktori Yoshinori Kitase taʼsirida ishlab chiqilgan. Keyinchalik Skvol kompaniyaning bir nechta boshqa oʻyinlarida paydo boʻldi, masalan, Kingdom Hearts seriyasida u Leon taxallusi ostida qahramon sifatida namoyon boʻladi va Dissidia: Final Fantasy, Chocobo Racing va Itadaki Street Special-da ham mavjud. Skvolning tanlagan quroli — bu tigʻli miltiq — yarim qilich, yarim toʻpponcha. Qahramonning nomi „shiddatli“ deb tarjima qilinadi.

Asl oʻyinda Skvol nufuzli harbiy akademiyaning oʻn yetti yoshli talabasi boʻlib, voqea davom etar ekan, u boshqa qahramonlar bilan uchrashadi va Rinoa ismli qizni sevib qoladi. Tabiatan Skvol juda odamovi va muomalasi yoʻq odam boʻlib, oʻyin davomida ishlab chiquvchilarning gʻoyasiga koʻra xarakter rivojlanadi, ochiqfeʼl va gʻamxoʻrga aylanadi[2].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skvol Leonhart Nomura Final Fantasy VIII uchun moʻljallagan birinchi personaj edi, uning obrazi amerikalik kinoaktyor River Feniksdan ilhomlangan, ammo keyinchalik muallifning oʻzi taʼkidlaganidek, oxirida „hech kim buni tushunmadi“[3]. Skvolning oʻzi oʻn yetti yoshli yigit, boʻyi 177 sm[4], dastlab uzun sochli va ayol qiyofaga ega edi. Rivojlanish jarayonida Kitase dizaynni oʻzgartirishni talab qildi, Nomura qahramonning sochini qisqartirishi va unga bir oz mushak qoʻshishi kerak edi. Skvolni yanada esda qolarli qilish uchun rassom peshonasi va qanshari boʻylab chandiq chizdi, bu oʻyin muallifi Kazushige Nojimaning syujetga chandiqning kelib chiqishini tushuntiruvchi qoʻshimcha sahnani kiritishiga sabab boʻldi[5]. Dizaynni yakunlash uchun Nomura Skvolga momiq moʻynali yoqali qora charm kurtka kiydirdi, bu keyinchalik toʻliq harakatli videolarni yaratuvchilarga qiyinchilik tugʻdirdi[6]. Bundan tashqari, Nojima personaj uchun maxsus matnni koʻrsatish tizimini ishlab chiqdi, buning yordamida oʻyinchi, nafaqat, qahramonning aytganlarini, balki nimani oʻylayotganini ham koʻradi[7].

Squall uchun qurol yaratish ustida ishlayotgan Nomura darhol kumushdan biror narsa yasashga qaror qildi[8]. Yaratilgan „tigʻli miltiq“ oʻtkir tigʻli qilich hamda tepkili va barabanli revolverning gibrididir. Jangda bunday qurol qilich kabi ishlatiladi, lekin agar kerak boʻlsa, tigʻni qoʻshimcha kuch bilan silkitib revolver mexanizmi ishga tushiriladi[9]. Qurollarning dizayni oʻyin jarayoniga baʼzi interaktiv elementlarni olib keldi, masalan, agar oʻyinchi urish paytida R1 tugmachasini bossa, dushmanga yetkazilgan zarar keskin ortadi. Orqaga bir nazar tashlab, Nomura qurol nihoyatda gʻalati boʻlib chiqqanini taʼkidladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. en
  2. Square Electronic Arts. Final Fantasy VIII North American instruction manual. — Square Electronic Arts, 1999. — ISBN SLUS-00892GH
  3. Staff. „The Bouncer Team Talks About Its Mysterious Game“. IGN (21 сентября 2000). 2-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyun 2009-yil.
  4. Studio BentStuff. Final Fantasy VIII Ultimania. — DigiCube/Square-Enix, 1999. — С. 12. — ISBN 4-925075-49-7
  5. 5,0 5,1 Sheila Knight. „Tetsuya Nomura 20s“. FLAREgamer (2003). 2-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-aprel 2006-yil.
  6. Studio BentStuff. Final Fantasy VIII Ultimania. — DigiCube/Square-Enix, 1999. — С. 46–47. — ISBN 4-925075-49-7
  7. „Behind The Game The Creators“. Square Enix North America (2001). 28-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-aprel 2006-yil.
  8. Studio BentStuff. Final Fantasy VIII Ultimania. — DigiCube/Square-Enix, 1999. — С. 13. — ISBN 4-925075-49-7
  9. Studio BentStuff. Final Fantasy VIII Ultimania. — DigiCube/Square-Enix, 1999. — С. 43. — ISBN 4-925075-49-7

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]