Qirqoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Skolopendralardan yoʻnaltirildi)

Qirqoyoqlilar, skolopendralar— laboyoqlilar kenja sinfiga mansub koʻpoyoqlilar turkumi. 900 ga yaqin, jumladan Oʻzbekistonda 10 ga yaqin turi bor. Urgʻochisi oʻzi qoʻygan tuxumlari va ulardan chiqqan bolalarini yirtqichlardan himoya qiladi: tanasi bilan ularni oʻrab olib yotadi. Asosan, mayda umurtqasizlar, ayrim yirik Q. mayda umurtqalilar (qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar) bilan oziqlanadi. Koʻpchilik Q. tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda yashaydi; tuproq Q.i Yevropaning choʻl va oʻrmon zonasida tarqalgan. Q. turkumiga 2 oila kiradi. Kriptopidlar, asosan, tuproqda yashaydi, soʻqir. Skolopendradar — eng yirik Q. (uz. 30 sm gacha). Q. odamni chaqqanida ogʻritadi. Yirik tropik Q.ning chaqishi odam hayoti uchun xavfli. Q. kunduzi, odatda, toshlar ostiga, yoriqlar va boshqa pana joylarga bekinib oladi. Kechasi ovga chiqadi. Oʻzbekiston faunasida uz. 10 sm ga yaqin boʻlgan halqali Q. uchraydi.