Six Apart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Six Apart (shuningdek, 6A qisqartma nomi bilan ham tanilgan)- Amerikadagi dasturiy taʼminot kompaniyasi.  Kompaniya San-Fransisko (AQSh) da joylashgan boʻlib, Fransiyaning Parij  va Yaponiyaning Tokio shaharlarida vakolatxonalariga ega.  Kompaniya 2001-yilda San-Fransiskoda tashkil etilgan.

„Six Apart“ kompaniyasi Movable Type blog platformasi, TypePad va Vox blog xostlariga egalik qiladi.  U mashhur Live Journal blog xizmatining sobiq egasi hamdir.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil oktabr oyida Six Apart kompaniyasi Live Journal  onlayn-blog xizmatining kirillcha qismini boshqarishni Moskvadagi SUP xalqaro internet media kompaniyasiga  topshirdi.

2007-yil 3-dekabrda Six Apart Live Journal ni SUP ga sotdi.  Press-relizda qayd etilishicha, Live Journal  San-Fransiskoda faoliyatini davom ettiradi va Live Journalning operativ boshqaruvi bilan shugʻullanadi[1].

Mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Movable Type[tahrir | manbasini tahrirlash]

Movable type- bu Veb-bloglar nashrining dasturiy taʼminoti. Tizim 2001-yil 3-sentabrda eʼlin qilingan[2], 1.0 versiyasi esa 2001-yil 8-oktabrda ommaga taqdim etilgan[3]. 2007-yil 12-dekabrdan boshlab Movable type bepul dasturiy taʼminot sifatida tarqalmoqda[4].

TypePad[tahrir | manbasini tahrirlash]

TypePad- bu http://www.typepad.com/ manzilida joylashgan veb-blog hosting xizmati.  2003-yil oktabr oyida ishga tushirilgan TypePad hozirgi kunda dunyodagi eng yirik pullik internet-kundalik nashri xizmati hisoblanadi.  TypePad Six Apart tomonidan chiqarilgan Movable Type texnologiyasiga asoslangan.

Vox[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vox- bu ijtimoiy tarmoq elementlari orqali Veb-bloglarni joylashtirish xizmati.

Hozirgi paytda Vox xizmati mavjud emas.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Андрей Борзенко. „Попробовали“ (deadlink). Журнал Эксперт (3 декабря 2007). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-avgust.
  2. „Original announcement“. Six Apart (3 сентября 2001). 2007-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-fevral.
  3. „Announcement of first public release“. Six Apart (8 октября 2001). 2007-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-fevral.
  4. „Movable Type Open Source | MovableType.org — Home of the MT Community“. 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-fevral.