Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni (asar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni (“Sulton Jaloluddin Menkbumining tarjimai holi”) nomli kitobni Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy (vafoti 1249 yil, Xalab) yozgan.

Muarrixning to‘liq ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshohlaming e’tiborli amirlaridan biri boʻlgan. Otasi vafot (1220) etgach, uning mol-mulki va mansabi oʻgʻliga oʻtgan. 1224-yili Sulton Jaloluddin Menkbumining (1220—1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin Muhammad Nisoviy bu lavozimda 1231-yilgacha, ya’ni sultonning oʻlimiga qadar xizmat qiladi. Shihobuddin Muhammad an-Nisoviy Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining moʻgʻul istilosi davridagi (1220—1231) ijtimoiy-siyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241-yilda Xalabda yozib tugallangan boʻlib, u memuar — xotira-yodnoma tarzida yozilgan. Chingizxonning tarixi, xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyati va moʻgʻul istilosi va sulton Jaloluddinning hayoti va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.