Sintagma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sintagma (yun. syntagma — qandaydir birikkan, birga qoʻshilgan narsa) — 1) ogʻzaki nutq yoki yozilgan matndan tegishli ran doirasida muayyan intonatsionmazmuniy birlik sifatida ajratib olinadigan boʻlak, parcha. Ushbu maʼnoda S. bir soʻzdan, soʻzlar guruhidan va bir butun gapdan iborat boʻlishi mumkin. Ayrim tadqiqotlarda S. bilan soʻz birikmasini tenglashtirish hollari ham uchraydi. Lekin nutq jarayonini kuzatish S. va soʻz birikmasi aynan bir narsa emasligini, har doim ham birbiriga teng kelavermasligini koʻrsatadi. Masalan, "Biz, yoshlar, mustaqil vatanimizni sevamiz" gapida 3 ta S. va 2 ta soʻz birikmasi mavjud. Minimal intonatsionmazmuniy birlik boʻlgan S.lar gapning ritmik guruhlarini tashkil etadi, yaʼni gapda qancha ritmik guruh boʻlsa, shuncha S. boʻladi. Gapni S.larga boʻluvchi asosiy vositalarga nutq melodikasi, tezligi, maromi, pauza, soʻz urgʻusi kabilar kiradi. S. qismlarining biri (koʻpincha, oxirgisi) bosh urgʻu (mantiqiy urgʻu)ga ega boʻladi va bu qism S.ning intonatsion markazini tashkil qiladi. S.lar uning tarkibidagi soʻzlarning oʻzaro aloqasiga koʻra (predikativ S, atributiv S, relyativ S, obʼyektiv S); gapda tutgan oʻrniga koʻra (tugallanma S, boshlanma S); ularning intonatsion zanjirini shakllantirish turiga kura (tugallangan S, tugallanmagan S, kirish S, zidlovchi S, izoxlovchi S.) tavsiflanadi; 2) aniklovchi — aniqlanmish aloqasi bilan bogʻlangan ikki yoki undan ortiq til birliklarining izchilligi; soʻzlar izchilligi (tashqi S.) va morfemalar izchilligi (ichki S.) oʻzaro farutnadi. Mas, "uycha" birligi ichki S. boʻlib, undagi "uy" — aniqlanmish, "cha" esa aniklovchi qismdir; "kichkina uy" birligi esa tashqi S. boʻlib, "uy" — aniqlanmish qism, "kichkina" — aniklovchi qismdir. "S." terminini ushbu maʼnoda dastlab shveysariyalik olim F.D.Sossyur qoʻllagan. Sintagmatika til birliklarining nutq jarayonida o'zaro bog'langan holda qo'llanishini tekshiradi. Demak, lisoniy birliklarning - masalan, so'zlarning nutq faoliyatida ketma-ket kelishi, muayyan tartibda joylashishi sintagmatika sifatida namoyon bo'ladi.

Sintagmatikada lisoniy birliklar orasidagi munosabatlar aniqligi va izchilligi bilan ajralib turadi. qiyoshlang: Men istiqlol tufayli gullab yashnayotgan Vatanning farzandiman, Ko'rinib turibdiki, nutq faoliyatida muayyan "yotiq chiziqqa" joylashib, muayyan tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda kelgan birliklar orasidagi munosabat sintagmatik munosabatni hosil qiladi. Sintagmatik munosabatlar doimo yaqqol ta'sir qilishi - insonda lisoniy sezgi uyg'otishi bilan ham o'ziga xosdir.

Ibodulla Mirzayev.