Simon & Garfunkel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simon & Garfunkel

Simon & Garfunkel Dublindagi konsertda
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Qoʻshma Shtatlar
Faoliyat yillari 1957–70, 1981–83,
2003–04, 2009–10
Janr Folk-rok, world music,
soft-rok, folk music
Leybl Columbia
Tarkib Paul Simon
Art Garfunkel
Vebsayt www.simonandgarfunkel.com

Simon & Garfunkel (talaffuzi: Saymon va Garfankel) ikki amerikalik qoʻshiqchi — Paul Simon va Art Garfunkeldan iborat musiqa dueti boʻlgan. Ular 1957-yili Tom & Jerry guruhini tuzib, „Hey, Schoolgirl“ qoʻshigʻi orqali kichik shuhratga erishishgan. Keyin guruh nomini Simon & Garfunkel qilib oʻzgartirib, 1965-yili „The Sound of Silence“ ashulasini yozishadi va Amerika boʻylab mashhur boʻlib ketishadi. 1967-yilgi The Graduate filmida ularning musiqasi qoʻllanilgach, guruh dovrugʻi yanada kengayadi.

Simon & Garfunkel vokal garmoniyasi tufayli 1960-yillarning eng mashhur artistlaridan boʻlishgan. Ularning „The Sound of Silence“ (1964), „I Am a Rock“ (1965), „Homeward Bound“ (1965), „Scarborough Fair/Canticle“ (1966), „A Hazy Shade of Winter“ (1966), „Mrs. Robinson“ (1968), „Bridge over Troubled Water“ (1969), „The Boxer“ (1969) va „Cecilia“ (1969) hit ashulalari koʻplab chartlar tepasiga koʻtarilgan. Ular bir necha Grammy mukofoti qozonib, 1990-yilda Rock’nʼRoll Shuhrat Zaliga kirishgan.[1]

Biroq Simon va Garfunkel orasida tez-tez nizo boʻlib turgani uchun guruh ora-sirada faoliyatini toʻxtatib yurgan. Hozirda ular alohida ijod qilishadi.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Simon & Garfunkel“. The Rock and Roll Hall of Fame (1990). 2012-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2012-12-18 sanasida arxivlangan)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]