Silviya Plat effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Silviya Plat Effekti – psixolog Jeyms S.Kaufman tomonidan taklif qilingan oʻziga xos qonuniyatning nomi boʻlib, unga koʻra, barcha ijodkorlar orasida shoiralar ruhiy kasalliklarga koʻproq moyil boʻlishi aytiladi[1].

Effekt 1963-yilda 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan taniqli amerikalik shoira Silviya Plat sharafiga nomlangan. Ruhiy salomatligidagi muammosi boʻlgan boshqa taniqli shoiralar orasida Emili Dikkinson, Sara Tisdeyl va turk Nilgün Marmara ham bor.

Kaufman ikkita tadqiqot oʻtkazadi. Birinchi tadqiqotda 1629 nafar adiblarning maʼlumotlari tahlil qilingan boʻlib, ayol shoiralar ayol yozuvchilardan, shuningdek, barcha erkak adiblardan koʻra ruhiy kasallikka koʻproq moyil ekanligi aniqlanadi. Ikkinchi tadqiqotda 520 nafar taniqli ayollarning (adabiyot, boshqa ijodkorlar va siyosat vakilalari) maʼlumotlarini oʻrganib chiqiladi va shoiralar – yozuvchi, aktrisa, rassom va siyosatchi ayollarga qaraganda ruhiy kasalliklarga koʻproq moyil ekanligi aniqlanadi[2]. Shunga ko'ra olim ko'plab tadqiqot va survonomalardan keyin ma'lumotlarini o'rganib chiqadi va shoiralar — yozuvchi, aktrisa, rassom va siyosatchi ayollarga qaraganda ruhiy kasalliklarga ko'proq moyil ekanligi aniqlanaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kaufman, J. C. (2011). The Sylvia Plath effect: Mental illness in eminent creative writers. The Journal of Creative Behavior, 35(1), 37-50. doi: 10.1002/j.2162-6057.2001.tb01220.x
  2. Naprimer, Ludwig, A. (1994). Mental illness and creative activity in female writers. The American Journal of Psychiatry, 151(11), 1650-6.