Sidi Brahim Riahiy
Sidi Brahim Riahiy | |
---|---|
Tavalludi |
Abu Ishoq Ibrohim bin Abdulqodir Riahiy 1766 |
Vafoti | 7-avgust 1850-yil |
Fuqaroligi | Tunislik |
Ibrohim Riahiy tugʻilgan vaqtidagi ismi Abu Ishoq Ibrohim Bin Abdulqodir Riahiy (1766 Testour – 1850-yil 7-avgust)[1] Tunis elchisi, ilohiyotshunos va avliyo. Sunniy musulmon olimi, shuningdek shoir ham boʻlgan. U Ali Riahiyning bobosi edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Riahiy Tunisdan kelgan bir guruh akademiklar va huquqshunoslar, xususan: Hamza Al-Jibas, Solih Al-Kavash, Muhammad Al-Fassiy, Umar Bin Qosim Al-Mahjub, Hasan Al-Sharif, Ahmad Bou Xurais, Ismoil Al- Tamimi, Al-Tahir Ben Masud va boshqalardan bilim olgan[2].
Sidi Brahim yoshligidan Testourdagi kouttabga tashrif buyurib, diniy ilmlar va Qur’on oʻrganishdagi iqtidorini koʻrsatgan. Taxminan 1782-yilda Tunisga kelgach, u Hauanet Achour madrasasida, soʻngra Bir Lahjar madrasasida tahsil olgan[3].
Taxminan 1790-yilda u az-Zitouna universitetida dars berishni boshlagan, u yerda boʻlajak vazirlar Ibn Abi Dhiaf va Beji Messaudiy, shuningdek, Muhammad Bayram IV va Mahmud Kabadu kabi zamonasining eng buyuk ilohiyotshunoslari uning shogirdlari orasida tahsil olgan.
1801-yilda u Marokashda elchi sifatida bir necha oy qolgan. Sidi Brahim u yerda Tijoniyyaning soʻfiylik tariqatini anglab yetadi va qaytib kelganida Tunisda ham bu tariqatni yoyishga urinadi[4].
Sidi Brahim Riahiy maqbarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sidi Brahim oʻzining oʻgʻillari, shayxlar va oʻzi kabi ilohiyot olimlari bilan Sidi Brahim Riahiy maqbarasi deb nomlangan, Tunis medinasining Sidi Brahim Riahi koʻchasida joylashgan maqbaraga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ibrāhīm ibn ʿAbd al-Qādir al- Riyāḥī (1767-1850)“. data.bnf.fr. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
- ↑ „إبراهيم الرياحي“, ويكيبيديا (arab), 2020-01-27, qaraldi: 2020-04-13
- ↑ „Tourba et Zaouiya: Le mythe ...“ (2008-yil 2-mart). 2008-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
- ↑ „Sidi Brahim Riahi“, Wikipédia (fransuzcha), 2020-01-23, qaraldi: 2020-04-13