Nuriddin Shukurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shukurov Nuriddindan yoʻnaltirildi)

Nuriddin Shukurov - (1930.16.5, Samarqand tumani Yuqori Turkman mahallasi — 1994.5.6, Samarqand) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), filologiya fanlari doktori (1974), professor (1976). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1950). Samarqand davlat universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1953—68), professor (1976-yildan). Shu untning oʻzbek va tojik filologiya fakultetida dekan (1987—93), kafedra mudiri (198493), prorektor (197884). Viloyat gazetasiga (hozirgi "Zarafshon") muharrirlik ham qilgan (1968—73), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand boʻlimini boshqargan (1990— 94). shahrining asosiy ilmiy ishlarida zamonaviy va mumtoz oʻzbek adabiyoti muammolari, xususan, adabiyotdagi mazmun va shakl masalalari, sheʼriyatning uslub, janr, sujet, kompozitsiya, til, vazn, qofiya singari badiiy mahoratga dahldor tomonlari tadqiq etilgan. Asarlarida sheʼriyat va uning muammolari, bir nechta taniqli oʻzbek shoirlari ijodi gʻoyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilingan.

Nuriddin Shukurov Filologiya fakultetida "Shalola" toʻgaragiga asos solib, bu toʻgarakda koʻplab yosh ijodkorlarning qalami oʻtkirlashishiga sababchi boʻlgan.


SHEʼRLARI

To‘lqin

Borliq sokin, dengiz ham sokin,

Farang yanglig‘ tovlanar mayin.

Erkalanar quyosh taftida, Jilvalanar nur emgan sayin.

Qo‘zichoqning jingalasiday,

To‘lqin uriladi asta quchoqqa.

Sho‘x toychalar yolin yoygandek,

Ko‘pik sochib ketar qirg‘oqqa.

Shunday sokin edi borliq va dengiz,

Bir zarbda urardi olam yuragi.

Hamma yayrar edi dengiz bag‘rida,

Faqat tinchlik edi olam tilagi.

Birdan shamol turdi tinchlik buzildi,

Bo‘ron ostin-ustun qildi har yoqni.

Daraxtlarning belin qayirdi,

Yaproqlar shoxidan shirt-shirt uzildi.

Dengiz butkul yo‘qotdi tinchlik,

Hurkkan otday kishnay boshladi.

O‘z bag‘ridan hamma-hammani, Uloqtirib, otib tashladi.

G‘azabdan sakragan arslon kabi,

O‘zin otdi qirg‘oqqa to‘lqin.

Uning alamiga, uning g‘azabiga

Go‘yo bo‘lolmasdi hech narsa to‘sqin.

Shunday o‘zgarishda bu moddiy dunyo,

Ba’zan uyqudagi go‘zalday dildor.

G‘aflatda qolmagan ammo do‘stginam,

Ba’zida beayov to‘lqinlari bor.

---

Kavkazni kezdim

Aylanib Kavkazni kezdim tog‘-u bo‘stonlar aro,

Sarvzor, Gulzor, emanzor, soz xiyobonlar aro.

Pastda dengiz to‘lqini, tegrangda o‘rmon epkini,

Boshda oftob yolqini-tuyg‘u jo‘shar qonlar aro.

Ko‘p huzur: o‘rmon kezib, dengizda ohista suzib,

Yayrasang ko‘ngil yozib, sho‘x huru g‘ilmonlar aro.

Chehralardir misli gul, ham yayragay, o‘sgay ko‘ngil,

Ritsaday zangori qo‘l bag‘rida javlonlar aro.

Angladim yuz asr sirrin-

Ko‘hi Kofning tarixin,

Tingladim afsona - she’rin, qissa-dostonlar aro.

Jonlanar o‘tmish zamonlar, shohlar-u hoqonlar,

Ham Tariel pahlavonlar qal’a-qo‘rg‘onlar aro.

Bo‘lsa shunday tinch zamon, chiqsang kezib olam-jahon,

Xushnudo, hech qolmas armon, davr-u davronlar aro.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻafur Gʻulomning lirik poeziyadagi mahorati, T., 1966; Uslub vajanrlar, T., 1973; Bu olam sahnida..., T., 1982; Soʻz sehri, sheʼr mehri, T, 1992.