Shuhrat Rizayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shuhrat Rizayev — adabiyotshunos, jurnalist, „Doʻstlik“ ordeni sohibi, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi“[1]. Oʻzbekistonda amalda boʻlgan yozuvlar masalasidagi takliflarga asoslangan „Prezidenga maktub“ sarlavhasi ostida maqola muallifi[2].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuhrat Rizayev 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar maxkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi xizmat qilgan. Hozirda „Jahon adabiyoti“ jurnali Bosh muharriri.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sh. Rizayevning „Jadid dramasi“ (1997), „Jamiyat ko‘zgusi“ (hammualliflikda, 2005), „Zavqiy ijodida falklor motivlari“ (hammualliflikda, 1987), „Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari“ (1993), „Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti“ (hammualliflikda, 2005), „Sahna maʼnaviyati“ (2000) kabi asarlari chop etilgan. Shuhrat Rizayev oʻzining faoliyati davomida 2017-yilda chop etilgan „Prezidentga maktub“ nomli maqolasida ilgari surilgan

kirillni — asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtiraylik[3]

deya taklif etilgan fikri ijtimmoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻldi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Jadid dramasi“ (1997) „Jamiyat ko‘zgusi“ (hammualliflikda, 2005) „Zavqiy ijodida falklor motivlari“ (hammualliflikda, 1987) „Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari“ (1993) „Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti“ (hammualliflikda, 2005) „Sahna maʼnaviyati“ (2000) [4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]