Franz Schubert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shubert Frans Peterdan yoʻnaltirildi)
Franz Schubert
Tavalludi 31-yanvar 1797[1][2][3][4]
Vafoti 19-noyabr 1828[1][2][3]
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi va Archduchy of Austria
Otasi Franz Theodor Schubert
Vena shahridagi Shubert haykali

Franz Peter Schubert (31-yanvar 1797, Lixtental — 19-noyabr 1828, Vena) — avstriyalik kompozitor, musiqiy romantizmning ilk yirik namoyandalaridan.

Qoʻshiq (romans), simfoniya va fortepiano miniatyuralarining yangi romantik turini yaratgan. Oddiy kishilar his-tuygʻularini aks etgan, chuqur lirizm bilan sugʻorilgan Shubert ijodi badiiy obrazlar samimiyligi, ifoda vositalari soddaligi, xalq va ommaviy janrlar (raqs, qoʻshiq)ga yaqinligi, musiqa tili ohangdorligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha janrlarga murojaat qilgan Shubert qoʻshiq (romans) janriga alohida ahamiyat bergan: 600 dan ortiq qoʻshiq, shu jumladan, Gyote, Shiller, Geyne sheʼrlariga musiqa, Myuller asarlari asosida „Goʻzal tegirmonchi qiz“, „Qish yoʻli“ turkumlari.

U, shuningdek, operalar, simfoniyalar, kamer ansambllar („Forel“ nomli fortepiano kvinteti, 1819-yil, 14 torli kvarteti, trio, kvintet), fortepiano asarlari (sonatalar, valslar, ekspromtlar, „Darbadar“ fantaziyasi, 1822-yil) va boshqalar yaratgan. Soʻnggi asarlarida dramatik, hatto fojiaviy mavzular koʻproq oʻrin olgan. 9-chi („Katta“) simfoniyasida (1828-yil) xalq epik obrazlari tarannum etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boris Kremnev, Shubert hayoti va ijodi, T., 1973.