Shtraus Rixard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shtraus Rixard (1864.11.6 — Myunxen — 1949.8.9, GarmishPartenkirxen, Myunxen yaqinida) — nemis kompozitori va dirijyor. 1885 yildan Germaniya va Avstriya simfonik va opera orkestrlarida ishlab dirijyor sifatida tanilgan; baletlar, 2 simfoniya, fantaziya ("Italiyadan", 1886), simfonik poemalar ("Don Juan", 1888; "Qahramon hayoti", 1898 va boshqalar), variatsiya, konsertlar, kamer cholgʻu asarlar, xorlar, qoʻshiqlar va boshqalar muallifi. Keng koʻlamli Sh. ijodi garmoniya va orkestr boʻyoklarining rangbarangligi, mavzularining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, simfonik poemalari mashhur. Ularda F. List va G.Berliozning dasturli simfonizm anʼanalarini, shuningdek, R. Vagnerning orkestrlashdagi yutuqlarini rivojlantirgan. Asarlarida ekspressionizm, neoklassitsizm, F. Nitsshe falsafasi (xususan, "Zardusht tavallosi" simfonik poemasi, 1896) taʼsiri bor. Sh. ijodi 20-asr Yevropa musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Eng yaxshi asarlariga hayotbaxshligi, insonparvarlik, goʻzallikni tarannum etishi xos. Geydelberg , Oksford va Myunxen untlari faxriy doktori. Berlin va Vena Sanʼat akademiyalari aʼzosi.