Shovot Tuproq-qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SHovot Tuproq-qal’asi — bu Anbar-Manoq qishlog’idagi Xorazm fermer xo’jaligi xududida tekislikka joylashgan. Yodgorlikning tarxi aylana shaklda,umumiy maydoni-4ga. Yodgorlik qadimda mudofaa devor bilan o’rab olinib, yarim aylana burjlarga ega bo’lgan. SHaharning ichki qismida jamoat binolari qoldiqlari sezilmaydi,ark-a’lo mavjud emas.SHahar shimoliy va janubiy tomonidan darvozalarga ega. 1999-2000 yillarda Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologiya,tarix va falsafa bo’limning arxeologiya guruxi To’proqka’ada qazish ishlarini olib bordi. Yodgorlikning mudofaa tizimi tarixini o’rganish maksadida shimoliy-sharqiy qismidagi devorda qazish ishlari amalga oshirildi, natijada mudofaa devorining ustki qismi to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilganligi aniqlandi. SHu bilan birga, devorning tashki tomonidagi yarim aylanali burjlar oralig’ida tozalash ishlari olib borildi, natijada mudofaa maydoni 22m, burjning devordan yon tomonga chiqishi 5,25-6,25m uning ichki qismida to’g’ri burchakli xonaga ega bo’lib, xajmi 2,21-2,62x7,07-7,22m. Devor va burj avval paxsadan keyinchalik to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan. (40x40x10sm,41x41x12sm). Arxeologik ashyolar Tuproqqal’aning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi uch qurilish davridan iborat ekanligini yorkin tasvirlaydi. I qurilish davrida qal’a paxsa devor bilan o’rab olingan bo’lib, yo’lak va yarim aylanali burjlarga ega bo’lgan. II qurilish davrida paxsa devor ustiga to’rt tomoni teng xom g’ishtli devor qurilgan. Bunday xajmdagi g’isht burj qurilishda ham ishlatilgan. Qal’aning ichki qismida devor bo’ylab uy xonalari qurilgan. III qurilish davri. Bu qurilish davrida g’isht devor ustiga xom g’isht aralash paxsa devor qurilgan. Milodiy IV asrga kelib, qal’ada madaniy hayot barham topgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

М.Мамбетуллаев. Тупрак-кала Шаватская (раскопки 1979-1980гг.) (стр.12-51) // Археология Приаралья. Вып.III. Ташкент, 1986.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]