Shotir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shotir

1.tar. Podsho, xon kabi oliy amaldorlar otini yetaklab, tutib turuvchi Navkar; Jilovdor. Shohlarning oldida boʻlar shotiri, Yovcha boʻlar yigitlarning botiri. „Ravshan“.

2. kest. Birovning xizmatini yugurib-yelib qiladigan xizmatkor; yugurdak. Sulton Sullohovning shotirlari tipirchilashib qolishdi: buxgalter Shotursun Shomirzayev bir bolani magazinga yugurtirdi. T.Alimov, Xirgoyi. - Komissiya! — deb xitob qilibdi Gʻaniyev. Shundan keyin shotirlarning oyogʻi yerga tegmay, u yoq-bu yoqni yigʻishtirishga tushibdi. S.Sultonov, Bosh boshliq.

3. dial. Xon yoki shohni oʻtqazib koʻtarib yuriladigan maxsus oʻrindiq; Taxtiravon, maofa. Ichkaridan xon koʻrindi, uni toʻrt navkar shotirda olib kelardi. J.Sharipov, Xorazm.

[1]

  1. O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv lug‘ati. Norxo‘jayeva Xurshida 2006..