Shora Saribayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shora Saribayev
Tavalludi 2-mart 1925-yil
Toshkent
Vafoti 2-may 2018-yil
Olmaota, Qozogʻiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor

Shora Shamgaliyevich Saribayev (2-mart 1925-yil, Toshkent – 5-fevral 2018-yil, Olmaota) – tilshunoslik sohasidagi olim, qozoq tilshunosi, turkolog, qozoq tili dialektologiyasining asoschilaridan biri.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shora Shamgaliyevich 1925-yil 2-martda Toshkent shahrida taniqli oʻqituvchi, metodist Shamgali Xaresovich Sariboyev oilasida tavallud topgan[1].

Saribayev 1945–1950-yillarda S. M. Kirov nomidagi Qozoq davlat universitetini tamomlagan, soʻngra qozoq tili kafedrasi aspiranturasiga oʻqishga kirgan.

U 1954-yilda professor M. Balakayev rahbarligida „Qazaq tіlіndegі odagʻaylar“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va 1974-yilda „Oblastnaya kazaxskaya leksikografiya“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Shora 1954-yildan umrining oxirigacha A. Baytursinov nomidagi Tilshunoslik institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Keyinchalik shu institutda qozoq tili tarixi va dialektologiyasi boʻlimi mudiri, institut direktori oʻrinbosari va bosh ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan[2].

Olim Saribayev 2018-yil 2-may kuni vafot etdi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shora Shamgaliyevichning uch nafar farzandi bor. Oʻgʻli Saribayev Gʻayrat Shorayevich va qizlari Saribay Mayra Shoʻraqizi va Saltanat Saribayeva.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shora dialektologiya, morfologiya, leksikologiya, leksikografiya, bibliografiya, til tarixi, oltoyshunoslik kabi fanlarni oʻrgangan.

Professor 300 dan ortiq ilmiy maqola va darsliklar, 20 dan ortiq monografiyalar muallifidir.

Qozoq tilshunosligi boʻyicha himoya qilingan 1000 ta nomzodlik dissertatsiyalarining bibliografik koʻrsatkichini chop etgan.

Saribayevning asarlari oʻzbek, arab, qirgʻiz, tatar, turk, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilgan.

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shora Saribayev 1974-yil Filologiya fanlari doktori, 1979-yil Professor va 2003-yilda Qozogʻiston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi akademigi boʻlgan.

1985-yil „Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“, „Mehnat faxriysi“ medali, 2001-yil „Hurmat“ ordeni va 2007-yil Parasat ordeni bilan taqdirlangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ҚУАНЫШҚЫЗЫ, Гүлмира. „АЛАШҚА АЯН БОЛҒАН БІР АТАНЫҢ БАЛАЛАРЫ“. Орда жұлдызы. Жайық пресс медиахолдинг (2020-yil 24-sentyabr). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
  2. „Сарыбаев Шора Шамгалиевич (1925)“. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  3. „2 марта - 90 лет со дня рождения Шоры Шамгалиевича Сарыбаева (2.03.1925)“. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.