Shoburhon ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shoburhon Ota Masjididan yoʻnaltirildi)

Shoburhon ota masjidi — Buxoro viloyati (Qorakoʻl tumani)dagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr). Maqbara va katta xonaqohli masjid, gʻarbdan masjidga tutashgan 2 binodan tashkil topgan. Shimolida goʻrxona, janubida chillaxona bor. Tarzlari peshtoqli, besh ravoqli uzun ayvon boʻlib, yon tomonlariga keyinroq tepasi fonusli qilib minora — guldasta ishlangan. Masjid bezaksiz.