Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrxoklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho‘rxoklardan yoʻnaltirildi)

Shoʻrxoklar — yuqori qatlamida 1% dan koʻproq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) koʻp boʻlgan tuproq tiplari guruhi. Shoʻrxoklar Markaziy Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Kaspiyboʻyi pasttekisliklari, Shimoliy Krim va Oʻrta Osiyo choʻl zonasida va och tusli boʻz tuproqlar mintaqasida tarqalgan. Dasht, choʻl, chala choʻllarning terlaydigan suv rejimi va quruq iqlim sharoitida minerallashgan grunt suvlarining bugʻlanishi va tuproqlarning shoʻrlanishi natijasida shakllanadi. shahrida tibiiy holda faqat galofitlar (shoʻrsevar oʻsimliklar) oʻsadi. Shoʻrxoklar 2 tipga ajratiladi: avtomorf Shoʻrxoklar — yuqori gorizontda tarkibida (0,5—1%) yengil eriydigan tuzlar (xloridlar, sulfatlar) boʻlgan shoʻrlangan ona jinsning yuqoriga chiqishi va g i d romorf Shoʻrxoklar — tuproqgrunt suvlari tarkibidagi (6—8% va undan yuqori) tuzlarning suv bilan birga kapillyarlar orqali yuqoriga koʻtarilib, toʻplanishi. Oson eruvchi tuzlar tarkibiga koʻra, shahrining xloridli, sulfatxloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfatsodali va sodali, kationlar tarkibiga bogʻliq holda natriyli, magniynatriyli, kaltsiynatriyli, magniyli va kaltsiyli xillari farqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi shoʻrlangan Shoʻrxoklar farqlanadi. Birlamchi shoʻrlangan Shoʻrxoklar tabiiy boʻlib, dengiz, koʻl qirgʻoqlari, daryo vohalari va quyilish joylari, shuningdek, shoʻrlangan jinslar chiqib qolgan yerlarda rivojlanadi, ikkilamchi shoʻrlangan Shoʻrxoklar esa notoʻgʻri sugʻorish natijasida paydo boʻladi. shahrini oʻzlashtirishda grunt suvlar sathi drenajlar yordamida pasaytiriladi va tuproqdagi tuzlar yuviladi (qarang Yer shoʻrini yuvish). shahrini oʻzlashtirishda dastlabki yillari sholi (tuproqning 1 — 1,5 m chuqurlikdagi qavatini shoʻrsizlantiradi), keyin sabzavot, donli ekinlar, gʻoʻza, yemxashak ekinlari va boshqalar ekiladi, qoʻyechki va tuyalar boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi.

  • Rabochev I. S., Melioratsiya zasolennnx pochv srednego techeniya Amudari, Ashxabad, 1964; Pankov M.A., Meliorativnoye pochvovedeniya, T., 1974.

Xushvaqt Namozov.