Shoʻʼba korxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho‘’ba Korxonadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shoʻʼba korxona - huquqiy jihatidan mustaqil, lekin ustav kapitalida boshqa (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning hissasi yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyati. Shoʻʼba korxona muassisi uning ustavini tasdiqlaydi va ayrim boshqaruv, shu jumladan nazorat funksiyalarini oʻzida saqlab qoladi. Shoʻʼba korxona aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat boʻlishi mumkin. Shoʻʼba korxona tashkil etish asosiy korxona oʻzining tuzilmaviy boʻlinmasi yoki mulkiy majmuasi negizida; asosiy korxonani qayta tashkil etish jarayonida oʻz tarkibidan ajratib chiqarish; xoʻjalik jamiyati yoki shirkat tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nazorat paketini yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalidagi tegishli hissani sotib olish shakllarida boʻlishi mumkin. Shoʻʼba korxonaning asosiy korxona bilan oʻzaro munosabatlarining muhim xususiyati shundaki, Shoʻʼba korxonaning asosiy korxonaga yoki asosiy korxonaning Shoʻʼba korxonaga mablagʻlarni qaytarib olmaslik bilan oʻtkazishi soliqqa tortilmaydi.