Shoʻʼba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shoʻʼba (arab. — qism, tarmoq) — 1) Oʻrta asr Oʻn ikki maqom tizimida parda tuzilmalarining muayyan tarmogʻi. Sh.lar asosiy maqomlarga aloqador boʻlgan quyi tabaqadagi parda tuzilmalaridir. Sharq musiqa nazariyasiga oid adabiyotlarga koʻra, jami 24 Sh. boʻlib, tovushqatori 2 dan 10 pogʻonagacha yetgan. Ular, asosan, Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiran, Navroʻzi Arab, Mohur, Navroʻzi Xoro, Navroʻzi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uz zol, Avj, Nayriz, Mubarqaʼ, Rakb, Sabo (Navroʻzi Sabo), Humoyun, Zovuliy, Isfahonak yoki Roʻyi Iroq, Bastai Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar deb nomlanadi. Baʼzi manbalarda Nishoburak, Magʻlub, Ajam (Navroʻzi Ajam) kabi Sh. nomlari ham keltirilgan; 2) Shashmaqomda jamlangan mukammal ashula yoʻllari. Sh. namunalari oʻzaro farqli 2 guruhga taqsimlangan boʻlib, birinchisini saraxbor, talkin, nasr va yakunlovchi ufar, ikkinchisini esa, asosan, savt va moʻgʻulcha (tarkibiy shoxobchalari bilan) kabilar tashkil etadi.