Shoʻrtoblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho'rtoblardan yoʻnaltirildi)

Shoʻrtoblar — tuproqlar tipi; yuvilmaydigan suv rejimi sharoitida tuproq singdirish kompleksida natriy (singdirish hajmining 10— 14% dan 70% gacha) toʻplanganda (tuproq eritmasi yoki grunt suvidan oʻtadi) shakllanadi (shoʻrtoblanish jarayoni). shahrida tabiiy holda qora shuvoq, izen, shoʻra va boshqalar oʻsimliklar oʻsadi. Afrika, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi. Tuzlar tarkibiga koʻra, sodali va sodasulfatli, xloridsulfatli boʻladi. Tuzlarning joylashish chuqurligiga nisbatan shoʻrxokli Sh. (suvda oson eriydigan tuzlar 5—20 sm chuqurlikda joylashgan), shoʻrxoklangan Sh. (20—40 sm) va yuvilgan Sh. (60—80 sm) mavjud. Sh. namlanganda kuchli disperslanadi, tuproqning strukturasiz massasi boʻkadi va suv oʻtkazmaydi, quriganda esa zichlashib, palaxsapalaxsa yorilib ketadi. shahrining meliorativ holatini yaxshilash uchun kaltsiy tuzlari, ayniqsa, gips solinadi. Bunda kaltsiy tuproq singdirish kompleksidagi natriyning oʻrnini olib, tuproq strukturasining tiklanishiga imkon yaratadi. Sodali shahriga gips solish, ayniqsa yaxshi natija beradi. Xloridsulfatli shahrini plantaj haydash, oʻt oʻsimliklar (ayniqsa, ildiz sistemasi kaltsiy birikmalariga moyil boʻlgan dondukkakli)ni ekish yoʻllari bilan oʻzlashtirish mumkin. Ad.: Pochvovedeniye, M., 1988.