Tishli birikma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shlitsali birikmadan yoʻnaltirildi)

Tishli birikma, shlitsali birikma — ariqchalari (oʻyiklari) va unga moye tishlari (chiqiqlari) boʻlgan ikki detal (val) birikmasi. Tishlarning shakliga qarab, toʻgʻri yonli, evolventali, mayda tishli (uchburchak); ish sharoitiga koʻra, qoʻzgʻaluvchan (sirpanuvchan) va qoʻzgʻalmas xillarga boʻlinadi. Tishli birikma avtomobil va stanoklarning uzatmalar qutisida, reduktor va boshqa mexanizmlarda ishlatiladi.