Shivitosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shivitoshi
Milliy oshxona Xorazm
Asosiy komponentlari Shivit(ukrop),un,go'sht,qatiq,tuxum,kartoshka,piyoz,tuz,suv,yog',pomidor

Shivitoshi Xorazm Milliy oshxonasining taomi boʻlib ayniqsa parhez tutadigan odamlarning sevimli ovqati. Xamir rangi yashil boʻladi va ustida goʻshtli qayla boʻladi.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ugra oshiga oʻxshab qirqilgan xamir suvda qaynatib olinadi va qatiq bilan tortiladi. Buning uchun maʼlum miqdorda ukrop yani shivit goʻsht qiymalagichda maydalanib olinadi, tuzli suv va bitta tuxum bilan xamir qoriladi. Qayla uchun maydalab toʻgʻralgan goʻsht va piyoz yogʻda qovuriladi va ustidan toʻgʻralgan kartoshka va pomidor sousi solinadi.