Shimbuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimbuloq tepasidan manzara

Shimbuloq — Olmaota yaqinidagi Ile Olatau darasining 2510 metr balandlikda joylashgan togʻ-changʻi kurorti.[1]

Talgʻar dovoni yonbagʻirlaridagi bu sport majmuasi 1954-yildan boshlab togʻ changʻichi sportchilarining sevimli maskaniga aylangan. Dastlab, bu majmua Sovet changʻichilari uchun Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish bazasi sifatida yaratilgan. Poyga yoʻlagining kengligi 25 metr, qiyaligi 11-29 daraja oraligʻida, shuning uchun changʻichilar uchun eng yaxshi tezligini koʻrsatish uchun mos keladi. Texnik xususiyatlariga koʻra, u Yevropadagi eng yaxshi poyga yoʻllaridan kam emas va koʻp hollarda (qor toymasin sifati boʻyicha) ulardan yaxshiroq.[2]

Majmuaning yangi taʼmirlash boʻyicha umumiy uzunligi 6 kilometrdan ikki barobarga oshirildi. Va kengligi eng asosiy uzunligi 10-20 barobar kengaytirildi. Tog‘-chang‘i yonbag‘irlarining bo‘yiga qor to‘plari o‘rnatilgan, osma yo‘llarning po‘lat arqonlari yangilangan. Yaqin kunlari tog‘-chang‘i yo‘laklarini Karlitau muzligigacha uzaytirish rejalashtirilgan. Ushbu chora-tadbirlar amalga oshirilgach, Shimbuloq tog‘-chang‘i yo‘lining uzunligi bo‘yicha dunyoning yetakchi kurortlari bilan tenglashdi. Shuningdek, mehmonxonalar taʼmirlanadi, restoran va savdo rastalari, bouling, spa markazlari tashkil etiladi. Bu ishlarning barchasi 2011-yilgi Osiyo o‘yinlarigacha yakunlanadi.

Shimbuloq

Shu bilan birga, bu yerda soʻngi miqyosidagi vaqt o‘lchaydigan qurollar, jahon darajasidagi yuqori musobaqalarni oʻtkazish uchun moslamalari, axborot ko‘rsatkichlari o‘rnatiladi. Togʻ changʻisi bilan snoubordning xalqora maktablari quriladi. 2 ming avtomobilga moʻljallangan yer osti avtoturargohlari, Medeu bilan Shimbuloq oʻrtasida yuradigan 4,5 km uzunlikdagi osma yoʻllari qurilgan. Ushbu yoʻllar orqali togʻ changʻisi majmuasidan 15 daqiqada koʻtarilish mumkin. Po‘lat arqonlarga soniyasiga 5 metr tezlik bilan yuradigan 115 ta kabina o‘rnatiladi, yaʼni, ular bir soatda 2000 kishini tog‘ga ko‘taradi. Kurortga farzandlarin olib keladigan sayyohlarga qulaylik boʻlishi uchun, „bebi lift“ o‘rnatilgan bolalar maydonchasi qurildi. 2510 metr balandlikda joylashgan ushbu majmua ajoyib tog 'manzarasi, yumshoq iqlimi va koʻplab quyoshli kunlari, uzoq muddatli qor qoplami (dekabrdan aprelgacha) — bu joy koʻplab sayyohlarni va togʻ changʻisini sevuvchilarni jalb qiladi. Mana, oydek sirpanchiq muzli yoʻllarni afzal koʻradigan changʻichilar, oʻz mahorati bilan nafasingizni tortib oladigan, ekstremal sakrashlar va turli burilishlarni amalga oshiradigan jasur snoubordchilar. Shu tariqa, Shimbuloq noyabrdan maygacha bo‘lgan davrda chang‘i va snoubordda uchish maskaniga, yoz oylarida esa qorli tog‘larda sayyohlar ko‘p keladigan va shahar aholisi dam oladigan ajoyib maskanga aylanadi. dam olishi mumkin.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Горный курорт «Шымбулак»“. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-noyabr.
  2. Aleksandr Shatov. Ona bila pervoy (Wayback Machine saytida 2010-12-13 sanasida arxivlangan) // sport.nur.kz Andoza:Проверено
  3. „VII ЗИМНИЕ АЗИАТСКИЕ ИГРЫ“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.