Shifokor qismati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shifokor qismati
Janri Tibbiy drama,Tibbiyotga oid,Drama film,Drama,Romantik film
Rejissyor Oh Choong-hwan
Ssenariynavis(lar) Ha Myung-hee
Rollarda
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til Koreys
Qismlar soni 20
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Han Jung-hwan
  • Kim Hee-yeol
Prodyuser(lar) Kim Jung-mi
Qism davomiyligi 60 minut
Studiya(lar) Pan Entertainment
Efirga uzatilishi
Telekanal SBS TV
Tasvir formati 1080i (HDTV)
Translyatsiya davri Boshlanish sanasi:2016.06.20 — Tugash sanasi:2016.08.23

Shifokor qismati[1] (Koreyscha:닥터스;Dakteoseu) — Kim Rae-von va Park Shin-hye ishtirokidagi 2016-yil ishlangan Janubiy Koreya tibbiy dramasi. U har dushanba va seshanba kunlari soat 22:00 da (KST) SBS telekanalida 2016-yil 20-iyundan 23-avgustgacha 20 qism efirga uzatilgan[2][3][4][5]. Drama tezda mashhur boʻldi va tomoshabinlar reytingida oʻrtacha 18,40 % ni tashkil etdi[6][7]. Parkning isteʼdodli shifokorga aylangan ogʻir tabiatli oʻspirin obrazi, harakatli sahnalari va ziddiyatli munosabatlari bilan film tomoshabinlar orasida juda mashhur boʻldi[8][9].

Tahlili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yu He-jung (Pak Shin-hye) oʻrta maktabda xarakteri qoʻpol boʻlgan jangari qiz edi. Bolaligidagi yaqinlaridan qolgan salbiy xotiralar sabab, Hye-jung yuragini boshqa odamlardan berkitadi. Biroq, uning hayoti taqdirini „umidsiz“ jinoyatchidan mehribon shifokorga aylantirishda muhim rol oʻynaydigan ustozi Xon Ji-hong (Kim Rae-von) bilan uchrashgandan soʻng oʻzgaradi. Ular oʻzlarining yaqin munosabatlari toʻgʻrisidagi toʻqima mish-mishlar sabab ajralishadi.13 yil oʻtib, Yu He-jung muvaffaqiyatli shifokor boʻlganidan keyin ularning taqdiri yana bogʻlanadi. Bu orada Yu He-jung koʻplab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi va malakali shifokor boʻlishga erishadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xon Ji-hong

Asrab olinishidan oldin tugʻilgan ismi Li Ji-hong boʻlgan Xon Ji-hong mehnatkash inson boʻlib, yoshligida ota-onasini avtohalokatda yoʻqotgan. U umri davomida bir shifokor tomonidan asrab olinadi va nufuzli tibbiyot maktabini tugatadi, shifokor sifatida ish boshladi. Biroq, u jarroh boʻlib ishlayotganida yuz bergan tibbiy baxtsiz hodisa sabab orqaga qaytishga majbur boʻladi va u biologiya oʻqituvchisi sifatida faoliyatini qayta boshladi. U oʻsmirlik davrida ogʻir hayot kechirgani uchun oʻsmirlarga, ayniqsa oʻquvchilariga gʻamxoʻrlik qiladi. Bu tufayli oʻz hayotida yangi bandni ochishga va maktabda qattiq ishlashga qaror qilganda, oʻquvchisi isyonkor Yu He-jung hayotiga qiziqib qoladi. Undan ajralganidan keyin uni sevib qolganini tushunadi. 13 yil oʻtgach, u va Yu He-jung kasbdosh sifatida uchrashib qolishadi. Yu He-jung ham Xong Ji- hong ishlaydigan shifoxonaga neyroxirurg boʻlib ishga kiradi.

Yu He-jung

Yu He-jung malakali neyroxirurg. U oʻrta maktabda oʻzining ogʻir xarakteri bilan tanilgan bezori edi. Ogʻir bolalikni boshidan kechirgani sabab, u kimgadir ishonishi qiyin edi. U ishongan va sevgan yagona inson — bu buvisi. Uni doim qoʻllab quvvatlaydi. Biroq, uning hayotidagi maqsadini topishga yordam bergan oʻqituvchisi Xong Ji-hong bilan uchrashgandan keyin boshqalar haqidagi fikrlari oʻzgardi. Buvisining hohishi va uning tasodifiy vafoti sabab qiz shifokor boʻlishga qaror qiladi.
Jung Yon-do
Jung Yun-do neyroxirurg, shuningdek, badavlat oilaning farzandi. U jamiyatdagi qoʻpolliklarni hushlamaydigan, tartibli shifokor. Biroq, u oʻz ishini qanday qilib qatʼiylik bilan bajarishni biladi. U oʻzidan juda farq qiladigan, har ishda uddaburon Yu He- jungni yoqtirib qoladi.
Jin Seo-vu neyroxirurg. Yu He-jung bilan maktab davrida doʻst boʻlib, keyinchalik dushmanga aylanadi. Unga Xong Ji-hong yoqardi, lekin Xong Ji-hong va Yu He-jung oʻrtasidagi munosabatlar jiddiylashib borayotganini koʻrib, u ulardan jahli chiqadi va ajratib yuborish rejasini tuzadi. Bu oʻz navbatida ularning yoʻllarini ajralishiga sabab boʻldi. Oradan yillar oʻtib, Jin Seo-vu Xongni unutib, u Jung Yon-doni yaxshi koʻra boshlaydi, lekin Yun-doning He- jungga boʻlgan qiziqishi tufayli yana oʻzini He-jungdan pastroq his qiladi. Oxir-oqibat, u He-jung bilan yarashdi, u undan aqlliroq ekanligini tan oladi va ularning doʻstligini tikladi. Jin Seo-vu film soʻngida oʻzining doʻsti boʻlgan Yang-gukni sevib qoldi va ular birga boʻlishadi.

Qoʻshimcha rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xong Ji-xon atrofidagi odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Li Xo-je — Xong Du-sik rolida — Ji-honning asrab olgan otasi va Gookil kasalxonasi boshligʻi
  • Yoo Da-in — Jo In-ju rolida — umumiy jarrohlik boʻyicha mutaxassis

Yu He- jung atrofidagi odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kim Young-e — Kang Mal-soon rolida — Xe-jungning buvisi
  • Jung He- kyun — Yu Min-ho rolida — Xye-jung va Yoo Naning otasi
  • Park Ji-a — Li Ga-jin rolida — He Jungning oʻgay onasi va Yu Naning onasi
  • Xan Bo-bae— Yu-na rolida — He-jungning kenja singlisi
  • Ji Su- kim — Su Cheol rolida (1, 2, 3, 5, 7-8-qismlarda) — He-jungning doʻsti[11]
  • Mun Ji- in — Cheon Sun Xi rolida — He-jungning eng yaxshi doʻsti va yoshligida Seo-vuning doʻsti.

Jin Seo- vu atrofidagi odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jin Sung- jong — Seo-vu rolida — buvasi and Gookil kasalxonasining prezidenti
  • Um Hyo-sup— Jin Myung-hoon — Seo-vuning otasi va Gookil kasalxonasi direktori
  • Yoon Hae-young — Yoon Ji-young — Seo-vuning onasi

Gookil kasalxonasi odamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jang Hyun-sung — Kim Tae-xo rolida — Gookil kasalxonasi direktorining oʻrinbosari va neyroxirurgiya boshligʻi
  • Kang Kyung — Jun rolida — Neyroxirurgiyaning 4-kurs shifokori
  • Bak Sung-hyun — Pi Yon- guk rolida — Neyroxirurgiyaning 3-kurs shifokori va Seo-vuning doʻsti
  • Jo Xyon-sik — An Jung-dae rolida — Neyroxirurgiyaning 2-kurs shifokori
  • Kim Min-seok — Choy Kang-su rolida — Neyroxirurgiyaning 1-kurs shifokori[12]
  • Baek— Xo-min rolida— Umumiy jarrohlik boʻlimi boshligʻi va kasalxonaning jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼsul hodimi
  • Li Seon-ho — Jung Pa-ran rolida — umumiy jarrohlik oʻqituvchisi, Ji-Xongning doʻsti va Yun-doning amakisi
  • Choy Sung — jae-Hvanbo Tae-yang rolida — Umumiy jarrohlik boʻlimining 1-kurs shifokori
  • Pyo Ye-jin — Hyun Su-jin rolida — 5-kurs hamshira
  • Ji Yi-su — Yu Byul rolida — 2-kurs hamshira

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifokor qismati“ filmi 2010-yilda oʻtkazilgan „Broadcasting Content Promotion Foundation“ (BCPF) kompaniyasining 3-senariy tanlovi gʻoliblaridan biri boʻlgan Xa Myon-hi senariysi asosida yaratilgan[13]. Keyinchalik Tug Hye- jung (Koreyalik), serial 2015-yilda KBS 2TV ning dushanbadan seshanbagacha boʻlgan asosiy vaqt oraligʻida „Healer“ filmi tugaganidan soʻng efirga uzatilishi koʻzda tutilgan[14]. HB Entertainment dramada prodyuserlik qilishi kerak edi, PD esa rejissyor bilan muzokaralar olib bordi.

Birinchi senariy oʻqilishi 2016-yil 28-aprelda Janubiy Koreyaning Gyeonggi viloyati, Goyang shahridagi SBS „Ilsan Production Studios“ da boʻlib oʻtdi[15][16].

Serial 2003-yilda mashhur „Samoviy ishq“ filmida Xan Jung- suh va Cha Song- juning yoshlik davrlarini oʻynagan Park Shin Xe va Bak Sung- hyonni birlashtirdi[17]. Shuningdek, u 2014-yilda mashhur „Pinokkio“ dramasida birga ishlagan Park Shin Xe va Yun Kyun-sangni yana birga sahnaga qaytardi.

AQSHda drama Los-Anjeles DMAda, dushanbadan seshanbagacha soat 21:00 da inglizcha subtitrlar bilan LA 18 KSCI-TV (18-kanal) Osiyo-Amerikaga yoʻnaltirilgan telekanalida 2016-yil 18-iyuldan 20-sentyabrgacha bepul efirga uzatildi.[18]

Original sauntrekt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sauntrektlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarlavha Qoʻshiqchi Davomiylik
1. "No way" Park Yong-in & Kwon Sun-il 3:44
2. "Sunflower" Younha & Kassy 3:30
3. "That Love" Jung-yup 3:42
4. "You’re Pretty" Jungho 3:11
5. "Sun Shower" Se O (Jelly Kukie) 4:40
6. "School" Turli qoʻshiqchi 2:34
7. "From Me to You" Turli qoʻshiqchi 2:55
8. "Beautiful Lies" Turli qoʻshiqchi 2:09
9. "Chromatic Surgery" Turli qoʻshiqchi 4:08
10. "Doctor’s Memory" Turli qoʻshiqchi 1:52
11. "Healing Heart" Turli qoʻshiqchi 2:20
12. "Into the Time" Turli qoʻshiqchi 2:20
13. "Table Death" Turli qoʻshiqchi 2:06
14. "Pitter-Patter" Turli qoʻshiqchi 1:36
15. "Awake Surgery" Turli qoʻshiqchi 2:48
16. "Doctors in Love" Turli qoʻshiqchi 1:45

Reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda koʻk raqamlar eng past baholarni, qizil raqamlar esa eng yuqori baholarni ifodalaydi.

Efir sanasi Oʻrtacha auditoriya ulushi
TNmS[19] AGB Nielsen[20]
Butun mamlakat boʻyicha Seul Butun mamlakat boʻyicha Seul
1 20-iyun 2016-yil 11.4 %(4) 15.1 %(4) 12.9 %(4) 14.7 %(4)
2 21-iyun 2016-yil 12.4 %(4) 16.9 %(3) 14.2 %(4) 16.2 %(4)
3 27-iyun 2016-yil 12.8 %(4) 16.5 %(3) 14.4 %(3) 16.9 %(3)
4 28-iyun 2016-yil 14.6 %(3) 17.8 %(3) 15.6 %(3) 18.0 %(2)
5 4-iyun 2016-yil 16.1 %(3) 20.7 %(1) 18.4 %(3) 20.2 %(3)
6 5-iyul 2016-yil 16.8 %(3) 20.8 %(1) 19.7 %(3) 21.6 %(2)
7 11-iyul 2016-yil 18.4 %(3) 22.3 %(1) 18.8 %(3) 21.3 %(2)
8 12-iyul 2016-yil 17.8 %(3) 20.3 %(2) 19.2 %(2) 21.1 %(2)
9 18-iyul 2016-yil 16.8 %(3) 20.0 %(2) 19.4 %(3) 21.5 %(2)
10 19-iyul 2016-yil 17.2 %(4) 19.9 %(2) 19.3 %(2) 22.6 %(2)
11 25-iyul 2016-yil 17.2 %(3) 20.2 %(1) 19.2 %(3) 21.9 %(2)
12 26-iyul 2016-yil 18.2 %(3) 20.9 %(1) 18.7 %(3) 21.7 %(2)
13 1-avgust 2016-yil 17.6 %(4) 20.6 %(1) 18.5 %(3) 20.8 %(1)
14 2-avgust 2016-yil 17.2 %(3) 21.2 %(1) 19.6 %(2) 21.8 %(1)
15 8-avgust 2016-yil 20.0 %(3) 23.3 %(1) 21.3 %(2) 23.1 %(1)
16 9-avgust 2016-yil 18.4 %(2) 21.4 %(1) 20.6 %(2) 22.4 %(1)
17 15-avgust 2016-yil 20.6 %(2) 23.8 %(1) 20.8 %(2) 22.8 %(1)
18 22-avgust 2016-yil 16.2 %(4) 19.7 %(2) 17.8 %(4) 19.6 %(4)
19 16.1 %(5) 19.5 %(3) 19.5 %(3) 22.0 %(2)
20 23-avgust 2016-yil 17.9 %(3) 21.2 %(1) 20.2 %(2) 22.0 %(1)
Oʻrtacha 16.69% 20.11% 18.41% 20.61%

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Qabul qiluvchi Natija Mnb.
2016-yil "5- APAN Star" mukofotlari Bosh mukofot (Daesang) Kim Rae-von Nominatsiya
Park Shin-hye Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, mini-serialdagi aktyor Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, mini-serialdagi aktrisa Park Shin-hye Nominatsiya
Eng yaxshi yangi aktyor Yun Kyun-sang Gʻolib
Eng yaxshi juftlik mukofoti Kim Rae-von va Park Shin-hye Nominatsiya
9-Koreya Drama mukofoti Bosh mukofot (Daesang) Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi drama Shifokorlar Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, aktyor Jang Xyun-sung Gʻolib
Eng yaxshi mukofot, aktrisa Park Shin-hye Nominatsiya
1- Osiyo Artist mukofotlari Eng yaxshi rassom mukofoti, aktyor Kim Rae-von Nominatsiya
Eng yaxshi rassom mukofoti, aktrisa Park Shin-hye Gʻolib
SBS Drama mukofotlari Bosh mukofot (Daesang) Nominatsiya
Eng yaxshi mukofot, janr va fantastik drama aktyori Kim Rae-von Gʻolib
Eng yaxshi mukofot, janr va fantastik drama aktrisasi Park Shin-hye Gʻolib
„Aʼlo darajadagi“ mukofoti, drama janridagi aktyor Yun Kyun-sang Nominatsiya
Maxsus mukofot, drama janridagi aktyor Jang Hyun-sung Nominatsiya
Maxsus mukofot, drama janridagi aktrisa Li Sung Kyun Nominatsiya
Moon Ji-in Nominatsiya
Eng yaxshi 10 yulduz mukofoti Park Shin Xe Gʻolib
Yangi yulduz mukofoti Kim Min Seok Gʻolib
Moon Ji-in Gʻolib
Eng yaxshi juftlik mukofoti Kim Rae-von va Park Shin-hye Nominatsiya
Idol Akademiyasi mukofoti — Eng yaxshi oʻpish Nominatsiya
2017-yil 53- Baeksang sanʼat mukofotlari Eng yaxshi aktrisa Park Shin-hye [21][22]
Eng yaxshi yangi aktyor Gʻolib
Seul xalqaro drama mukofotlari Ajoyib koreys dramasi Gʻolib [23]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Official English title on SBS Drama's YouTube channel“. SBS via YouTube. Qaraldi: 12-iyul 2018-yil.
  2. Ahn. „Park Shin-hye, Kim Rae-won to star in new drama“. Kpop Herald (29-mart 2016-yil). Qaraldi: 31-mart 2016-yil.
  3. Bahk. „Park Shin-hye, Kim Rae-won star in new drama "Doctors"“. The Korea Times (1-aprel 2016-yil). Qaraldi: 7-aprel 2016-yil.
  4. „'Doctors': the next 'Descendants of Sun'?“. The Korea Times (17-iyun 2016-yil).
  5. „Even veteran actors are rookies in TV series 'Doctors'“. Yonhap News Agency (15-iyun 2016-yil).
  6. „'Doctors' beats rival dramas in viewership“. Kpop Herald.
  7. „'Doctors' tops weekly TV popularity chart again“. Yonhap News Agency (23-avgust 2016-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
  8. „Park Sin-hye's 'girl-crush' character a big drawcard“. The Korea Times (17-iyul 2016-yil).
  9. „Drama characters heighten 'girl crush' syndrome“. Yonhap News Agency (28-iyul 2016-yil).
  10. „Lee Sung-kyung to be Park Shin-hye's rival in 'Doctors'“. Kpop Herald. Qaraldi: 27-fevral 2017-yil.
  11. „Actor Kim Ji-soo cast as Park Shin-hye's first love“. Kpop Herald.
  12. „Kim Min-suk to join Park Shin-hye in 'Doctors'“. Kpop Herald.
  13. 제3회 드라마극본공모전 시상식 성료
  14. 하명희 작가, KBS '여깡패 혜정'으로 복귀
  15. Foxy. „Kim Rae Won, Park Shin Hye, Kim Min Seok & more during 1st script reading for 'Doctors'“. Kpopnewz. 2-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2022-yil.
  16. „SBS' 'Doctors' starring Kim Rae Won, Park Shin Hye holds first script reading; Plot and main character info revealed“. yibada.com (18-may 2016-yil). Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
  17. „Park Shin Hye has a Stairway to Heaven reunion with actor Baek Sung Hyun“. DramaFever (1-iyul 2016-yil). [sayt ishlamaydi]
  18. „Doctors - LA18 Mon/Tues Korean Drama“ (ko-KR). la18.tv. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
  19. „TNMS Daily Ratings: this links to current day-select the date from drop down menu“ (koreyscha). TNMS Ratings. 2013-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  20. „AGB Daily Ratings: this links to current day-select the date from drop down menu“ (koreyscha). AGB Nielsen Media Research. 2017-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2016-yil.
  21. 한인구 기자. „MK News - 공유·박보검·남궁민·한석규…백상예술대상 男TV연기상 4파전“. MK News. Qaraldi: 3-may 2017-yil.
  22. „'Guardian,' 'The Handmaiden' win big at Baeksang Awards“. The Korea Herald (4-may 2017-yil).
  23. „[SDA2017 '구르미', 한류드라마 최우수상…우수상은 'W'·'닥터스'“] (koreyscha). mydaiy (7-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2017-yil.