Sulaymon Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulaymon buxoriy, Shayx Sulaymon Buxoriy Qudratulloh alQunduziy (1821 — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Qunduz qishlogʻi — 1880) — tilshunos olim, shoir, elchi va sayyoh. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Sharq mamlakatlari boʻylab sayohat qilgan. 1846-yilda uni Buxoro amiri Nasrullohon Usmonli turk sultonligiga elchi va Istanbuldagi oʻzbek qavmi raisi qilib tayinlagan. Istanbulda koʻp yillar yashab, matbaa ishlari bilan shugʻullangan. Yassaviy, Soʻfi Olloyor, Umarxonnnng kitoblarini nashr ettirgan. SB. koʻp yillik ilmiy tadqiqotlarini jamlab, "Lugʻati chigʻatoiy va turki usmoniy" (2 j.li) lugʻatini tuzgan. Lugʻat muqaddimasiga 186 misrali "Manzumai chigʻatoy" avtobiografik sheʼriy asarini kiritgan. Lugʻatning 1jildi 8 ming soʻzdan tarkib topgan va Istanbulda nashr etilgan (1882). Oʻrta Osiyo turkiy badiiy adabiyotidan namunalarni oʻz ichiga olgan 2jildi, muallif uni tugallangan deb aytgan boʻlsada, hozircha topilmagan. S. B. lugʻati geografiya atamalari va joy nomlari jihatidan ham qimmatli manbadir. Unda Yaqin va Oʻrta Sharqdagi shaharlar va boshqa aholi maskanlari haqida nodir maʼlumotlar bor.

S.B. "Naqshiy" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Turkiy xalqlarning etnografiyasi va xalq ogʻzaki ijodini toʻplash hamda oʻrganish bilan shugʻullangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hasanov H., Sayyoh olimlar, T., 1981: N urmatov Sh., Qorakoʻl taronasi, T., 1996.