Shayx Husayn Xorazmiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayx Husayn Xorazmiy-tav. 1465 — Xorazm, vaf.-1551-Shom, husayniya-ishqiya suluki murshidi.

Hayoti va Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Husayn Xorazmiy hayotining ko‗p qismi Samarqandda oʻtgan va shuning uchun bu hazrat yashagan mahalla Maxdumi Xorazmiy(Siyob tumanida) nomi bilan mashhurdir.

Shayx Husayn Xorazmiyning hayoti, faoliyati va qarashlari Kamoliddin Mahmud Gʻijduvoniyning „Miftoh ut-tolibin“, Sharafiddin Sharifiyning „Jodat ul-oshiqin“ (XVI asr) manoqiblarida umumlashtirilgan. Zamondoshlari Hasanxoja Nisoriy ham oʻz „Muzakkiri ahbob“ida bu hazrat toʻgʻrisida ma‘lumot keltirgan.

„Janob shayx Husayn Xorazmiy yoshlik ayyomida oʻzining nafis nafasini xilvatda jahdu jadal qolipiga solib, dil zikri sayqali bilan purfutuh ruhi oinasini shunday tip-tiniq va yarqiratgan edilarki, yashirin sirlar va koʻrinmas nurlar oshiq-talabgorlarning koʻrish koʻzgusiga aylangan ekan. Ba‘zan gʻoyibdan keluvchi fikr durlarini nazm ipiga tizardilar“[1]

Ana shunday she‘rlardan quyidagi namunalarni keltirish mumkin:

Ruboiy:

Demakim bu ishq yo'li osondur,

Bu ishq yoʻlinda bas jigarlar qondur.

Ulkim, bu yoʻl ichra qadam urdi durust,

Bu barcha xaloyiq ichinda sultondur.

Bayt:

Meravam soʻi adam ishqi tu hamrohi man ast,

Zor jon medihamu hamnafasam ohi man ast.

Mazmuni:

Boruram yoʻqlik sari ishq mani hamrohimdur,

Zor jon bermoqdaman hamnafasim ohimdurur.

Shuni eslatish joizki, shayx Husayn Xorazmiyning Makka va Madinaga safar qilish xabari Zahiriddin Muhammad Boburga etgach, u hazratga ixlos nomasi va tuhfalar yuborib, Hindiston orqali safar qilishni taklif etgan. Ammo Boburning orzusi amalga oshmagan koʻrinadi. Shayx Husayn Xorazmiyning husayniya-ishqiya qarashlari oʻsha davrdagi koʻpgina shoirlarning qasida, gʻazal va boshqa nav‘dagi asarlarida targʻib qilinganki, ularning namunalari „Jodat ul-oshiqin“da keltirilgan.

[2]

  1. Muzakkiri ahbob,48-bet
  2. ADABIY MUHIT VA POETIKA MUAMMOLARI,O'quv qo'llanma.SULAYMONOV ISROIL ISOMIDDINOVICH