Shayx Hasan Namadpo‘sh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Shayx Hasan Namadpo‘sh

Tavalludi

Vafoti

1116-yil

Falsafa maktabi


Shayx Hasan Namadpo‘sh — (?—1116) — buxorolik alloma va muhaddis. Shayx Namadpo‘shning nomlari Hasan bin Yusuf as Samoniy al-Buxoriydir. „Tuhfat az-zoirin“da yozilishicha, hazrat Hasan bin Yusuf qoraxoniylar hukmdori Arslonxon G‘oziy (1102—1130) zamonasida yashab faoliyat ko‘rsatgan. Hazratni Namadpo‘sh deyishlariga sabab shuki, u qishin-yozin namad (kigiz) matosidan tikilgan kiyimda yurgan. Hazrat Hasan olim, zohid, obid valiyulloh, tarbiyachi bo‘lgan. Manbalarda taʼkidlanishicha, hazrat Namdpo‘sh o‘ttiz yil muttasil ro‘za tutgan. Iftorlik paytida taomlari faqat sabzavot bo‘lgan, xolos. Arslonxon G‘oziyning eʼtiqodi, hurmati Hazrat Namadpo‘shga benihoya katta boʻlgan. O‘z piri, ustozi Hazrat Namadpo‘shning maslahatlariga Arslonxon G‘oziy doimo amal etgan. „Tuhfat az zoirin“da yozilishicha, hukmdor Arslonxon G‘oziy Hazrat Namadpo‘shning pisarxond (tutingan o‘g‘il, maʼnaviy farzand) hisobida bo‘lgan[1]. Hasan bin Yusuf Buxoroga bidʼatu xurofot, shuningdek, islomga yot bo‘lgan turli guruhu firqalarning g‘oyalari tarqalmasligi uchun murosasizlik bilan kurashgan Namadpo‘sh doimiy ravishda amri maʼruf etib bidʼatning zararli oqibatlari, islomni niqob qilib olgan kimsalarning g‘arazli maqsadlari nimalardan iborat ekanligini keng ommaga tushuntirgan. Uning sharofati bilan islom dini, hanafiya mazhabi Buxoroda keng tomir yoyib, jaholat, bidʼat yo‘qolgan. Hijriy 510-yilda (milodiy 1116) Hazrat Namadpo‘sh o‘z xonaqohida vafot etgan. Shayx Hasan Namadpo‘sh zamonasining yirik muhaddislaridan biri boʻlgan. U toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq saqlanmagan. Ushbu kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy kitoblarida mavjud[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.