Shayloobek Atazov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shayloobek Atazov (qirgʻizcha: Атазов Шайлообек Карыбекович) 1979-yil 28-iyun kuni O‘sh viloyati Qorasuv tumani, Uchar qishlog‘ida tug‘ilgan[1].

Umrbayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda O‘sh texnologiya universitetining “huquqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

2007-yil - O‘sh shahar sport qo‘mitasi qoshidagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori[2].

2010-yil - boks va og'ir atletika maktabi direktori[3]

2011-yil - Avtoturargohlar va garajlar direksiyasi direktori;

2012-yil ― O‘sh shahar hokimligi huzuridagi “O‘sh-tazalik” kommunal korxonasi rahbari;

2013-2014 yillarda - Yo‘lovchi tashish agentligi direktori;

2010-2015 - O'sh shahar Kengashi deputati[4]

2018-yildan Bishkekdagi EREM sport klubi bosh murabbiyi[5]

2021-yil martidan dekabrigacha Jogorku Keneshning 6-chaqiriq deputati[6].

2021-yilda 29-sonli Sverdlov saylov okrugidan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Kengeshining 7 chaqiriq deputati etib saylangan[7].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kikboksing bo'yicha olti karra mamlakat chempioni, jahon chempioni. Bir necha karra xalqaro musobaqalar g‘olibi. 2010, 2016, 2019 yillarda Qirgʻiziston Respublikasining “Yilning eng yaxshi murabbiyi”;

2015-yilgi “Jahon kubogi” kumush medali sovrindori, WAKO RF, Anapa shahri;

2008-yil Qirg'iziston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport a'lochisi;

2006-yil kikboksing bo'yicha jahon chempioni (WFK);

2005-yilda O'sh viloyati "Yilning eng yaxshi sportchisi";

2004-yil “Osiyo chempionati” kumush medali sovrindori (WAKO);

2003-yilda boks bo'yicha Qirg'iziston Spartakiadasi chempioni;

2003-2008 yillarda “Kikboksing bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasining 6 karra chempioni”;

2000-2010 yillarda “Xalqaro turnirlar chempioni (Ukraina, Marokash, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Koreya);

2005-2020 yillarda Qirgʻiziston Respublikasining koʻplab xalqaro toifadagi sport ustalarini (boks va kikboksing) tayyorlagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil O‘sh shahar meriyasining Faxriy yorlig‘i (S.Chyrmashev)[8]

2005-yilda O‘sh viloyat hokimligining Faxriy yorlig‘i (A. Ortiqov);

2006-yilda Qorasuv tumanining “Yil odami” (M.Jumabekov);

2006-2008-yillarda O‘sh shahar hokimligining faxriy yorlig‘i (J.Isaqov);

2008-yil O'sh shahar ta'lim va fan boshqarmasining Faxriy yorlig'i (A. Baltaboev);

2008-yilda KRP qoshidagi FCiSport agentligining faxriy yorlig'i (B.Asanov);

2008-yilda Qirg‘iziston Respublikasi jismoniy tarbiya a’lochisi (321-son buyrug‘i);

2009-yilda KRP Jismoniy tarbiya va sport agentligining Faxriy yorlig'i (85-sonli buyruq) (A. Voinov);

2009-yilda yoshlar siyosatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘sh viloyati hokimligining faxriy yorlig‘i (609-son buyrug‘i) (M.Bakirov);

2010-yilda KRP qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport agentligining Faxriy yorlig'i (212-0-sonli buyruq) (A. Kasenov);

2011-yilda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasining Faxriy yorlig‘i (muftiy Chubak hoji Jalilov);

2012-yilda O‘sh shahar hokimining 304-sonli Faxriy yorlig‘i (M.Mirzakmatov);

2014-yil Qirgʻiziston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligining Faxriy yorligʻi (Q. Sodiqov);

O‘sh shahar Kengashining 2014 yil Faxriy yorlig‘i, 103-sonli buyrug‘i (U. Primov).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]