Sharqdan taralgan nur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharqdan taralgan nur“ (Sharqdan nur) — badiiy- hujjatli filmi Buyuk qomusiy olim, tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino hayotiga bagʻishlanadi. Film faqatgina faktlarga asoslangan holda tayyorlangan. Film „Islam-Today“ internet nashri tomonidan musulmonlar haqidagi eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritilgan[1]. Film taqdimoti Indoneziyada ham boʻlib oʻtgan va „Antara“ Indoneziya Milliy axborot agentligi tomonidan indonez tiliga tarjima qilingan[2].

Sharqdan taralgan nur
Rejissyor(lar) Shuhrat Mahmudov
Ssenariynavis(lar) Roziqa Mergenbayeva
Rollarda Hasan Solihov, Husan Solihov
Bastakor(lar) Dmitriy Yanov
Chiqarilgan sanasi 29-sentyabr 2017-yil
Davomiyligi 52 daqiqa
Til o'zbekcha

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda Abu Ali ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan boʻlib, ibn Sinoning bolalik va oʻspirinlik yillari, ilmga chanqoq yigitlik davri, shuningdek, oʻqib-oʻrganish bilan cheklanib qolmay, bilganlarini amalda sinab koʻra boshlagan olim insonning sermazmun, sermahsul faoliyati aks ettirilgan. U Xorazmdagi Maʼmun akademiyasi — „Dorul hikma“da qisqa, ammo samarali faoliyat yuritadi. Suratga olish ishlari bir qancha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston, Eron, Fransiya va Rossiya hududida boʻlib oʻtgan[3].

Film biografik va maʼrifiy xarakterga ega hisoblanadi. Rejissor, dastlab, ilmiy asarlarga koʻproq toʻxtalib oʻtmoqchi boʻladi, ammo mavjud manbalarni koʻrib chiqqach, ibn Sinoning yoshlik yillarini aks ettirgan maʼrifiy kartina tayyorlashni afzal koʻradi. Shuning bilan, jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan alloma hayotidan hikoya qiluvchi film dunyoga keladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hasan Solihov
  2. Husan Solihov

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oʻzbekfilm" DUK rasmiy sayti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Imom Abu Iso Muhammad Termiziy» va «Sharqdan nur» filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi“ (o'zbekcha). Dunyo axborot agentligi (12-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  2. Kamola, Adhamova „Ibn Sino haqidagi film Indoneziyada namoyish etildi“ (o'zbekcha). qalampir.uz/ (13-aprel 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  3. „«Imom Abu Iso Muhammad Termiziy» va «Sharqdan nur» filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi“ (o'zbekcha). Dunyo axborot agentligi (12-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.