Shaperon
Shaperon — bu oqsil foldingi jarayonida oqsilning togʻri uchlamchi va tortlamchi strukturalarini hosil qilib berishni taminlab beradigan oqsillar sinfi.

Shaperon degan termin ilk bora Kembrij universiteti embriologiya professori Ron Laskey tomonidan ishlatilgan. Shaperonlar har bir tirik organizmda bor.
Shaperonlarning funksiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaperonlar kopincha issiqlik kotarilganda hosil boluvchi oqsillar guruhiga kiradi. Issiqlik oqsil foldingiga salbiy ravishda taʼsir etadi va shu paytda shaperonlarning koʻpi issiqlik tufayli oqsillarning buzilgan uchlamchi va toʻrtlamchi strukturalarini tuzatishda ishtirok etadi.
Shuningdek shaperonlar teri qarishi bilan kurashadi. Teri hujayralarida hosil boʻlib shaperonlar oqsilni stabil tortlamchi strukturalariga oʻralishini taminlab beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alberts B. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki v 3 tomax. T1. 2015
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- [(Wayback Machine saytida 2019-04-28 sanasida arxivlangan) Shaperon - inglizcha viki]