Shahar yer osti xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shahar Yer Osti Xoʻjaligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Shahar yer osti xoʻjaligi - shahar kommunal xoʻjaligiga va sanoat korxonalarining ishlab chiqarish ehtiyojlariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan yer osti muhandislikkommunikatsiyasi va yordamchi qurilmalari majmui. Bunga turli quvurlar (truboprovodlar) va kabellar, turar joy, jamoat hamda sanoat binolaridan chiqariladigan va ularga kiritiladigan kommunikatsiyalar, ekspluatatsiya qilinadigan quduqlar, kameralar va boshqalar kiradi. Quvurlar va kabellar koʻpincha qurilgan binolarga parallel holda, tarqatiladigan shoxobchalar muayyan mavze (kvartal) ichidagi hududlar boʻyicha yotqiziladi. Yer osti tarmoqlari (muhandislik kommunikatsiyasi) alohida, birlashtirilgan va kollektorli tarzda joylashtiriladi. Quvurlar va kabellarni alohida joylashtirishda har qaysi tarmoq uchun alohida chuqur (transheya) kovlanadi. Birlashtirilgan usulda joylashtirishda turli maqsadga moʻljallangan quvurlar pogʻonapogʻona shaklda bitta chuqurga yotqiziladi. Kollektorli joylashtirishda suv va issiqlik quvurlari hamda kabellar bitta umumiy kollektorga yotqiziladi. Kollektorlar avtomatik shamollatish tizimi bilan jihozlanadi. Kollektorli usulda yotqizilgan quvurlar va kabellarning xizmat muddati boshqa usullardagiga nisbatan ancha katta boʻlgani uchun bu usuldan keng foydalaniladi. Yigʻma temirbeton kollektorlar ancha samarali hisoblanadi. Shahar metropolitenini ham Shahar yer osti xoʻjaligio.x.ga kiritish mumkin.