Serpentin
Serpentin (lot. serpens — ilon) — qatqatli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. S.ning morfologiyasi va kristall panjarasi bilan farqlanuvchi 3 asosiy turi bor: antigorit (varaqsimon), xrizotil (tolali) va lizardit (massiv). Kimyoviy formulasi MgJSi4O10] (ON),, MgO 43%, S1O, 44,1%, N2O 12,9%. Qoʻshimcha sifatida FeO, Fe,O3 va NiO uchraydi. Qattikligi 2,5—3, zichligi 2550 kg/m³. Qoʻshimchalariga karab rangi oq, sariq, yashil, yashilsimon koʻk boʻladi, baʼzi S.larning rangi ilon terisini eslatadi (nomi ham shundan). S. guruhidagi minerallar serpentinitning asosiy komponenta hisoblanadi. S.ning oʻziga xos xuyeusiyatlari — yumshoqligi, qovushqoqligi, sinish yuzasining yogʻsimon yaltirok/shgi, sirpanish oynasining mavjudligidir. Sdan xoʻjalikning turli sohalarida, xususan, termal va elektroizolyasiyada hamda oʻtga chidamli kiyimkechaklar tayyorlashda foydalanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |