Sergey Voronin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sergey Voronin
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Sergey Anatolyevich Voronin
Tavallud sanasi 4-iyun 1964-yil (58 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston SSR
Faoliyat yillari 1981-2000-yillar
Sport
Qaysi sport suv polosi
Klubi Dinamo (Моskva)
Medallar

Voronin Sergey Anatolyevich (1964-yil 4-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Oʻzbekiston SSR) — sovet va rus suv polochisi (mobil hujumchi), ayni paytda murabbiy. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Sergey Voronin 1981-1984-yillarda „Mehnat“ (Toshkent),  1985-1989-yillarda va 1996-1998-yillarda „Dinamo“ (Moskva), 1990-1994-yillarda esa „Lechche“ (Lechche, Italiya) jamoalarida o‘ynagan.

Shuningdek, u SSSR (1985-yil, 1987-yil) va Rossiya (1998-yil) chempioni, SSSR (1988-yil, 1989-yil) va Rossiya (1997-yil) chempionatlarining 2-medal sovrindori.

Sergey Anatolyevich SSSR (1986-yil, 1988-yil) va Rossiya (1996-yil, 1997-yil) kuboglari sohibi hamda Rossiya kubogi finalchisi (1998-yil) hisoblanadi.

Bundan tashqari, sportchi 1986-yilda Yevropa kubogi finalchisi, 1985-1986-yillarda SSSR terma jamoasi hamda 1989-yilning Kubok egalari kubogi finalchisi hamdir.


2000 yilda professional faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini davom ettirdi.

Sergey Anatolyevich Voronin 2000-yilda professional faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2005-yilda „Spartak-Volgograd“ klubida ikkinchi murabbiy, 2009-2010-yillarda esa klub bosh murabbiyi bo‘lgan.

Uning rahbarligi ostida jamoa Rossiya chempionatida kumush va Rossiya kubogida oltin medallar sohibiga aylangan (2009-yil).

2010-yilda jamoa Rossiya chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan va chempion bo‘lgan. Rossiya kubogida esa bronza medali g‘olibiga aylangan.

Voronin 2011-yildan boshlab „Spartak-Volgograd 2“ erkaklar jamoasi bosh murabbiyi, keyinchalik, suv sporti bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi (Kirishi, Leningrad viloyati) bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.


Shuningdek, Sergey Anatolyevich 2020-yilning yozida „Dinamo“ (Moskva) klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.