Zurab Sereteli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sereteli Zurab Konstantinovichdan yoʻnaltirildi)

Zurab Konstantinovich Sereteli (1934.4.1, Sulukidze shahri) — rassom, haykaltarosh, Rossiya Badiiyot akadimyasi akademik (1992), 1997-yildan prezidenta. Gruziyada xizmat koʻrsatgan rassom (1967), Xalq rassomi (1980), Mehnat Qahramoni (1990). Gruziya Badiiyot akadimyasi da taʼlim olgan (1952—59). S.ning yorqin bezakdor monumental asarlari (namoyon, mozaika, vitraj, harakatlanuvchi bezak haykallari) meʼmoriy hamda atrof muhit bilan uygʻunligi, yorqin rangi, shaklga boyligi, xom ashyosi bilan ajralib turadi. Pitsunda (1967), Adler (1973) kabi kurort majmualari, Moskvadagi "Izmaylovo" mehmonxona majmuasi (1980), "Abadiy doʻstlik" monumenti (hamkorlikda, 1983), "Petr I haykali" (1997), Poklonnaya tepaligi (1995) hamda Manej maydoni (1996) dagi va boshqa memorial majmualarni bezashda ishtirok etdi. S. kitob va jurnal illyustratsiyasi, teatr rassomligi sohahsida ham ishladi.