Sentelenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sentelenlar (inglizcha: Saint Helenians) — Muqaddas Yelena, Ascension va Tristan da-Kunya orollarining asosiy aholisidir. Sentelenlar Muqaddas Yelena, Asension va Tristan-da-Kunya orollari hududida yashovchi xalqlar va millatlar vakillaridan tuzilgan. Sentelenlar uchta asosiy guruhga boʻlingan:

  • Oq sentelenlar (ing. WhiteSaint Helenians) — asosan britanlar va Janubiy Afrika oroliga surgun qilingan burlar kabi Evropadan kelgan mustamlakachilarning avlodlari hisoblanadi, bu orollar aholisining taxminan 25% ni tashkil qiladi.
  • Kelib chiqishi Afrikalik boʻlgan sentelenlar(ing. African Saint Helenians) — orolga asosan Gʻarbiy Afrikadan olib kelingan qullarning avlodlari boʻlib, orollar aholisining taxminan 50% ni tashkil qiladi.
  • Kelib chiqishi Xitoylik boʻlgan sentelenlar (ing. Chinese Saint Helenians); xit. 中国聖拿人) — qullik bekor qilingandan keyin orolda ishlash uchun yollangan xitoylik ishchilarning avlodlari boʻlib, orollar aholisining taxminan 25 % ni tashkil qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqaddas Yelena oroli 1502-yil 21-mayda Hindistondan qaytayotgan portugaliyalik navigator Juan da Nova tomonidan kashf etilgan. Portugallar orolni yashashga yaroqsizsiz deb topdilar. Orolning birinchi doimiy rezidenti 1515-1545-yillarda orolda yolgʻiz yashagan portugaliyalik Fernan Lopish[1] boʻlgan. Biroq, orollarda doimiy aholi, Muqaddas Yelena oroli Buyuk Britaniya hukmronligi ostida oʻtgandan keyin paydo boʻlgan[2]. Qishloq xoʻjaligi ishlari uchun orolga Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasi tomonidan Gʻarbiy Afrikadan qullar olib kelingan. 1723-yilgi aholini roʻyxatga olishda 1110 aholi, shu jumladan 610 qora tanli qul qayd etilgan. 1792-yilda gubernator Robert Patton orolda qul savdosini taqiqlanishini eʼlon qildi. 1817-yilgi aholini roʻyxatga olishda 6150 kishi qayd etilgan, ulardan 1540 tasi qora tanli qullar va 500 ga yaqini ozod qilingan qullar edi. Qullik bekor qilingandan keyin orolda ishlash uchun Xitoydan ishchilar yollangan. Xitoylik ishchilarning katta qismi orolga 1810-1834-yillar oraligʻida kelgan[3]. Eng koʻp xitoyliklar (618) — 1818-yilda kelishgangan. Ikkinchi ingliz-bur urushi paytida orol bur harbiy asirlari uchun surgun joyiga aylangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Историческая хронология Святой Елены.“ (deadlink). 2012-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  2. „Brooke: History of St. Helena“ (deadlink) (2005-yil 24-fevral). 2005-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
  3. „History and Heritage - St Helena Tourism“ (en). St Helena Tourism. Qaraldi: 2018-yil 24-fevral.
  4. John Grimshaw. „Saint Helena 15.55 South 5.43 West: Boer Prisoners on St. Helena, 1900-1902“. Saint Helena 15.55 South 5.43 West (2011-yil 29-mart). Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]