Seneka Lutsiy Anney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Seneca Lutsiy Anney (taxminan mil. av. 4, Kordova, Ispaniya — mil. 65, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va oʻzini oʻldirgan. S. stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega boʻlgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. S.ning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiydiniy qoʻllanma deb bilgan. "Lutsiliyga xatlar" falsafiy asari, "Himmat haqida", "Rahmshafqat haqida", "Ruhiy xotirjamlik haqida" va boshqa risolalarida tarkidunyo qilish, oʻlim va taqsirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli boʻlish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil