Semyon Chungak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Semyon Chungak
Tugʻilgan sanasi 2-yanvar 1949-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktyor, rejissyor
Faoliyat yillari 1961

Semyon Roshelyevich Morduxayev (Chungak) (1949-yil 18-fevral, Toshkent) – sovet va rus teatr va kino aktyori, teatr rejissyori, Rossiya xalq artisti (2007)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Semyon Morduxayev (Chungak) 1949-yil 18-fevralda Toshkentda yahudiy Morduxayevlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi Roshel va Sara Morduxayevlar Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatrida chiqish qilishgan.

Semyon birinchi marta 9 yoshida „Ganga qizi“ filmida koʻcha bolasi Umesh rolini oʻynagan.

Roshelyevich maktabdan soʻng Moskvaga borib, M. S. Shepkin nomidagi oliy teatr maktabiga oʻqishga kirgan va uni 1972-yilda tamomlagan.

1977-yildan „Romen“ teatrida aktyor va rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan[2].

Semyon bir muncha vaqt „Ermitaj“ teatrida ham rol oʻynagan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Semyon Roshelyevichning otasi Roshel Sionovich Morduxayev (1910-1979), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, qo'shiqchi boʻlgan. Onasi – Sara Musheyeva (Morduxayeva), oʻzbek sovet balerinasi edi. Akasi – Boris Roshelevich Morduxayev (Toshkent) (1937–2021), Rim teatri aktyori va rejissyori, RSFSR xalq artisti.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morduxayev 1997-yil Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist va 2007-yil Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvoni sohibi boʻlgan[3].

Teatrdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Tabor bez gitari" – muxbir Aleksey

„Bolshaya valna Ganga“ – Shina

„Vojak“ – Ferdik

„Chari“ (povesti asosida „Olesya“) – Ivan Timofeyevich

„Moskovskaya tsiganka“ – „Intellektual“

„Grafinya Tsiganka“ – Don Xose

„Grushenka“ – Firibgar

„Zdravstvuy, Pushkin!“ – Vogel, Foks

„Klyatva“ – Vanta

„Toborniye igri“ spektaklida yetaklovchi kabi rollarini ijro etgan.

Rejissyor[tahrir | manbasini tahrirlash]

E. Egadzening „Begite, koni, begite“ va „Osleplonniye“ nomli pyesalariga asoslanib, spektakl qoʻygan va unga rejissyorlik qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Чунгак, Семён Рошельевич“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
  2. „Чунгак Семен Рошельевич“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  3. „Указ Президента Российской Федерации от 08.03.2007 г. № 281“ (ru). Администрация Президента России. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.