Scott Scissons

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tugʻilgan joyi 29-oktyabr 1971-yil (1971-10-29) (52 yosh)
Saskatoon, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 216 lb (98 kg; 15 st 6 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari New York Islanders
NHLga kirish drafti 6-oʻrin, 1990
New York Islanders
Jamoalardagi faoliyat 1991—1995

Scott Scissons (talaffuzi: Skot Skissons, 1971-yil 29-oktyabrda Saskatchewanning Saskatoon shahrida tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkeychi. U 1990-yilgi NHL draftida New York Islander jamoasi tomonidan umumiy oltinchi oʻrinda tanlangan.

Scissons NHLga koʻplab mashxur oʻyinchilardan oldin tanlangan, jumladan: Darryl Sydor, Derian Hatcher, Peter Bondra, Doug Weight, Keith Tkachuk va Martin Brodeur[1].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Gʻarbiy Xokkey Ligasida Saskatoon Blades jamoasi bilan uch mavsum davomida 30 gol va 56 golga assistentlik qilgan. Scissons NHLdagi debyutini Islanders jamoasi bilan oʻtkazgan va 1990—1991-yilgi mavsum oxirida bitta oʻyinda maydonga tushgan. Keyin mavsumni u Kanada milliy xokkey jamoasida oʻtkazgan. Scissons Monreal Canadiens bilan oʻyin paytida John LeClair bilan toʻqnashib yelkasidan jarohat olgan[2].

Scissons 1992—1993-yilgi mavsumda Islandersning Amerika Xokkey Ligasidagi filiali, Capital District Islanders jamoasi tarkibida oʻynagan. Biroq, u 1993-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida Islanders bilan bitta oʻyinda maydonga tushgan. Scissons 1993—1994-yilgi mavsumda jamoa bilan yana bitta oʻyinda maydonga tushgan va yilning qolgan qismini Xalqaro Xokkey Ligasining Lake Golden Eagles jamoasi bilan oʻtkazgan.

1994—1995-yilgi mavsumda Minnesota Moose va Denver Grizzlies jamoalari tarkibida 30 ta IHL oʻyinini oʻtkazgan. Scissons shuningdek, Saskatoon Old Pros jamoasi bilan vaqti-vaqti bilan oʻynab turgan va oʻgʻlining xokkey jamoalariga murabbiylik qilgan[2][3]. Uning ukasi Jeff ham xokkeychi boʻlib, 1996-yilda Vankuver Canucks jamoasi tomonidan NHL draftida 172-oʻrinda jamoaga tanlangan. Lekin Jeff hech qachon jamoa bilan oliy ligaga chiqa olmagan[4][5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1985—1986 Saskatoon Flyers SMHL 65 45 55 100 45
1986—1987 Saskatoon Flyers SMHL 62 65 55 120 50
1987—1988 Saskatoon Contacts SMHL 29 23 16 39 51
1988—1989 Saskatoon Blades WHL 71 30 56 86 65 7 0 4 4 16
1989—1990 Saskatoon Blades WHL 61 40 47 87 81 10 3 8 11 6
1990—1991 Saskatoon Blades WHL 57 24 53 77 61
1990—1991 New York Islanders NHL 1 0 0 0 0
1991—1992 Canada Intl 26 4 8 12 31
1992—1993 Capital District Islanders AHL 43 14 30 44 33 4 0 0 0 0
1992—1993 New York Islanders NHL 1 0 0 0 0
1993—1994 New York Islanders NHL 1 0 0 0 0
1993—1994 Salt Lake Golden Eagles IHL 72 10 26 36 123
1994—1995 Denver Grizzlies IHL 7 2 3 5 6
1994—1995 Minnesota Moose IHL 23 7 9 16 6
NHLdagi umumiy ochkolari 2 0 0 0 0 1 0 0 0 0
IHLdagi umumiy ochkolari 102 19 38 57 135

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Liga Jamoadagi vazifasi Qaydlar
2014—2015 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Yordamchi murabbiy
Regina Pats WHL Oʻyinchilarni baholovchi murabbiy (inglizcha: scout)
2015—2016 Regina Pats WHL Oʻyinchilarni baholovchi murabbiy
2016—2017 Regina Pats WHL Oʻyinchilarni baholovchi murabbiy
2018—2019 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Bosh murabbiy
2019—2020 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Bosh murabbiy
2020—2021 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Bosh murabbiy
2021—2022 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Bosh murabbiy
2022—2023 Saskatoon Blazers U18 AAA SMAAAHL Bosh murabbiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]