Sayram Safarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayram Safarova
Tavalludi 1924-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Sayram Safarova (1924-yil, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1960)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayram Muhammadaminovna Safarova 1924-yili Jarqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. 1941—1953-yillari Jarqoʻrgʻon tumanidagi Norali Boymurodov nomli (sobiq „Mehnat rohat“) kolxozda kolxozchi, 1953—1955-yillarda shu kolxozning kutubxonasi mudiri, 1955—1963-yillarda kolxoz brigada boshligʻi, 1963—1967-yillarda hisobchi-buxgalter, 1967—1968-yillarda kadrlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan. Sayram Safarova boshchiligida brigada paxta hosili yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1977, s. 549

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656 bet.