Joʻraqul Sattorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sattorov Joʻraqul Sattorovichdan yoʻnaltirildi)

Joʻraqul Sattorovich Sattorov (1938.1.10, Kattaqoʻrgʻon tumani Kallaqoʻrgʻon qishlogʻi) — agrokimyogar, tuproqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1980), professor (1982), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1990). ToshDU biol.tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1962). Shu Institutda aspirant (1962—65), assistent (1966), katta oʻqituvchi (1967), dotsent (1968), kafedra mudiri (1968—95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti direktori (1987—95), Samarqand universiteti rektori (1955—99). 1999-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qoʻmitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida boʻlim mudiri.

Ilmiy ishlari tuproq melioratsiyasi, tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya, global muammo boʻlgan choʻllashish jarayonining tuproq qatlamiga taʼsiri, suv omborlarining choʻkindi loyqalaridan qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida foydalanish masalalariga bagʻishlangan. S. sulfat tuzlari bilan shoʻrlangan yerlarni kuzqish oylarida yuvishning ilmiy asosini yaratdi, gʻoʻza va uning naviga qarab oʻgʻit berish sistemasini ishlab chiqsi, "nav" agrokimyosi" asos soldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Melioratsiya — tuproq unumdorligining garovidir, T., 1970; Sort, pochva, udobreniye i urojay, T., 1988; Nitratreduktiaznaya aktivnost i otzivchivost xlopchatnika na azotnie udobreniya, T., 1991; Agroximiya fosfora, T., 1992; Pochva — udobreniye v xlopkovodstve Oʻzbekistana, T., 1994.