Satin va atlas o‘rilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Satin va atlas o‘rilish- To‘qimachilik o‘ngiga chiziq uzun qaplanishlar bo‘ladi. Shuning uchun to‘qimaning o'ngi, odatda silliq bo‘ladi. Agar to‘qimaning ungida ko‘proq arqoq qoplanish bo‘lsa, uni satin o’ralishi deb aytiladi, Aksincha, gazlama o'ngida ko‘proq tanda qoplanishi bo‘lsa atlas o’rilishi bo‘ladi.Satin o’rilishda har qaysi tanda ipi rapportda faqat bir marta gazlama o'ngiga chiqadi, keyin to’rtta arqoq ipi tagiga o’tadi. Keng tarqalgan paxta gazlama-satin ham atlas o’rilishda to’qiladi. Satin o’rilishda arqoq yopilishlar cho’ziqroq bo’lgani uchun juda zich gazlamalar to’qishga imkoniyat tug’diradi. Atlas o’rilish satin o’rilishda o’xshaydi, ammo besh ipli atlas o’rilishda rapportdagi har qaysi tanda ip to’rtta arqoq ipni yopadi va bitta arqoq ip tagidan o’tadi. Atlas o’rilishli gazlamalarning o’ngi tanda iplaridan iborat bo’ladi.