Sarkoidalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarkoidalarga dengizlarda, suv havzalari va tuproqda yashaydigan sodda organizm larning har xil turlari kiradi.

Amyobalarning koʻp turlari odam va hayvon organizmida yashaydi. Amyobalar tana shaklini o ʻzgartirib (amyoba nomi grekcha "amoibe"oʻzgartirish so ʻzidan kelib chiqqan) va qisqa muddatli oʻsmalar —psevdopodiyalar, ya’ni soxta oyoqlar hosil qilib harakatlanadi. Amyoba jinssiz boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Sarkoidalarga dizenteriya amyobasi, odamdagi nopatogen va erkin harakatlanuvchi patogan amyobalar kiradi. Dizenteriya yoki gistologik amyoba ― odamda amyobali dizenteriya, ya’ni amyobiaz kassalligini qoʻzgʻatadi.

Amyobiaz (Amoebiasis)

Amyobiaz (amoebiasis)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amyobiaz (amyobali dizenteriya)protozoy kasallik boʻlib, ichakning yarali zararlanishi, ayrim hollarda esa jigar, bosh miya abssesslari, oʻpka va boshqa a’zolar zararlanishlari bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi — dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica)dir. Dizenteriya amyobasining hayot sikli

2 bosqichdan iborat — vegetativ va tinch bosqich (sista). Bu bosqichlar yashash sharoitiga qarab, bir-biri bilan almashinib

turadi. Vegetativ bosqichning 4 ta shakli mavjud (katta vegetativ, toʻqima, boʻshliq, sista oldi).

Katta vegetativ shakli 2 0 — 60 mkm boʻlib, psevdopodiyalar orqali harakatchan va eritrositlarni fagositoz qilish (eritrofag) qobiliyatiga ega. Ularning soni bitta amyobada 10—20 va undan ortiq bo`lishi mumkin. Parazitning mazkur shakli faqat ichak amyobiazida bemorning yangi ajralib chiqqan najasida uchraydi.

Dizenteriya amyobasi to ʻqima shaklining uzunligi 20—25 mkm ga teng boʻlib, u yuqori harakatchanlikka ega. Toʻqima shakli faqat oʻtkir amyobiazdan zararlangan a’zolar va

kam hollarda bemor najasida aniqlanadi.

Amyobaning boʻshliq shakli kichik uzunlikka ega (15—20 mkm) va u kam harakat qiladi. Eritrositlarni fagositoz qilmaydi. Amyobaning bu shakli odam yoʻgʻon ichagining yuqori

boʻlimlari boʻshligʻida yashaydi. Lekin unga zarar yetkazmaydi. O`tkir ichak amyobiazidan sogʻayganlar najasi yoki kasallik surunkali kechganda uchraydi. Sista tashuvchilar yoki remissiya vaqtida bemorlarda faqat tuzli ich suruvchi preparatlar qoʻllanilganidan keyingina topilishi mumkin.

Sista oldi shakli 12—20 mkm o`lchamga ega, kam harakat qiladi, oʻtkir amyobiaz sogʻayganlar va ich suruvchi qabul qilgan sista tashuvchilarda uchraydi. Tuzilishi boʻyicha boʻshliq shaklini eslatadi, vakuola boʻlmaydi, ayrim vaqtda sitoplazmada anchagina bakteriyalar koʻrinadi.

Amyobaning vegetativ shakli tashqi muhitga chidamsiz, bemor najasida 30 minutdan keyin nobud boʻladi.

Dizenteriya amyobasining tinch bosqichi turli xil darajadagi yetuk sistalar shaklida uchraydi. Sistalar harakatsiz, qobiq bilan qoplangan, rangsiz va sharsimon shaklda boʻlib,

o ʻlchami 8— 15 mkm. Sistalar oʻtkir amyobiazdan sogʻayganlar najasida, surunkali amyobiazda remissiya bosqichidagi bemorlar va sista tashuvchilarda aniqlanadi.

Sistalar odam ingichka ichagiga tushganda ularning qobigʻi yorilib, ulardan to ʻrt yadroli amyobaning ona shakli chiqadi, uning bo`linishi natijasida 8 ta bir yadroli amyobalar hosil

boʻladi. Optimal sharoitda ular koʻpayib, vegetativ shakllarga aylanadi va yoʻgʻon ichakning koʻtariluvchi qismida yashaydi. Sistalar tashqi muhit omillariga juda chidamliligi bilan ajralib turadi. Ular nam fekaliyada 17—20°C da va suvda bir oygacha, nam tuproqda — 8 kungacha hayot faoliyatini saqlab qoladi. Sistalar bir necha kun davomida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarida, mevalarda, sabzavotlar va uy buyumlarida o ʻz hayotini saqlab qola oladi. Ularga yuqori harorat kuchli ta ’sir qiladi: 65°C da ular 5 m inutda, quritilganda esa shu zahotiyoq nobud bo`ladi. 5% li formalinda 30 m inutdan 5 kungacha hayotini saqlab tura oladi.

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik manbai amyobiaz bilan kasallangan bemor yoki dizenteriya amyobasi tashuvchisi hisoblanadi. Odam amyoba sistalarini najas bilan ajratadi. 1 g najasda 6 mln gacha sistalar bo`linishi mumkin.

Odam dizenteriya amyobasining yetilgan to ʻrt yadroli sistalarini oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, iflos suv va ularni organizmga iflos qoʻllari orqali kiritganda zararlanadi. Kasallik tarqatuvchi omillarga sista tashuvchilarning najaslari bilan zararlangan parvarishlash buyumlari, choyshablar, o shxona idishlari, oʻyinchoqlar va boshqalar kiradi.

Sodda organizmlar sistasini mexanik tarqatib yuruvchilar sifatida pashshalar va suvaraklar ham ma’lum rol oʻynaydi. Bu hasharotlar ichagida dizenteriya amyobasi sistalari 48—72 soat davomida hayotlarini saqlab qoladilar.

Amyobiaz issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan boʻlib, yoz kuz mavsumiyligi bilan xarakterlanadi. Koʻpincha oʻrta yoshdagi kishilar kasallanadilar.

Patogenezi va patologik anatomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sistalar oshqozon -ichak yo`llariga tushgandan soʻng ingichka ichakning pastki yoki yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismida sista qobigʻi eriydi va sista boʻshliq shakliga aylanadi,

u yoʻgʻon ichakning yuqori qismida yashab koʻpayadi. Ayrim hollarda kasallik emas sogʻlom tashuvchanlik rivojlansa, boshqa hollarda dizenteriya amyobasining boʻshliq shakli ichak shilliq osti qavatiga kiradi va patogen to ʻqima shakliga aylanadi. Toʻqimalarga kirib, ularni eritishi (lizis) amyobalarda alohida moddalar — sitolizinlar va proteolitik fermentlar borligiga bog`liiq. Dizenteriya amyobasi ichak devori toʻqimasida koʻpayib, shilliq osti qavatlarida katta bo`lmagan abssesslar vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Ular keyinchalik ichak

boʻshligʻiga yorilib, shilliq qavatda yaralar hosil boʻladi. Asosan koʻrichak va yogʻon ichakning koʻtariluvchi qismi zararlanadi.

Kasallikning dastlabki bosqichi shilliq qavat devorlari giperemiyasi bilan birga uchraydi, ularda mayda eroziyalar va tugunlar shaklida koʻtarilib turadigan mikroabssesslar rivojlanadi.

Yaralar diametri 2—3 sm kattalikda boʻlib, ularning atrofi qizargan va boʻrtib chiqqan qirralarga ega boʻladi. Uning tubi yiring bilan qoplanib, kasallik ogʻir kechganda atroflari notekis boʻlgan katta yaralar hosil boiadi. Ichak devorlaridagi chuqur yaralar qon tomirlari devori butunligining buzilishi natijasida ichakdan qon ketishiga sabab bolishi mumkin. Yaralarning mushak va seroz qavatlargacha chuqurlashishi ichak devori perforatsiyasi (teshilishi) va yiringli peritonit rivojlanishiga sabab boʻladi. Yaralarning bitishi va chandiqlanishi yoʻgʻon ichak stenoziga olib keladi (ichak yo`llari chala yoki to`liq yopilishi mumkin).

Amyobalar qon orqali butun organizm boʻylab tarqalib, ichakdan tashqari oʻzgarishlarga ham sabab boʻladi, ya’ni jigar, oʻpka, bosh miya va boshqa a ’zolarda abssesslar paydo

boʻladi.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashirin davri 7 kundan 90 kungacha (koʻpincha 20— 40 kun) davom etadi. Kasallikning quyidagi shakllari farq qilinadi: 1) ichak amyobiazi (oʻtkir, surunkali va latent);

2) ichakdan tashqari amyobiaz (amyobali gepatit, jigar amyobiazi, teri amyobiazi va b.); 3) boshqa kasalliklar bilan birga kechadigan amyobiaz (gelmintozlar, bakterial dizenteriya bilan).

Kasallik nisbatan o ʻtkir boshlanadi. Boshlanish davri umumiy xolsizlik, bosh ogʻrig`i, ishtaha pasayishi, qorinda og`riq va koʻngil aynishi bilan kechadi. Harorat bu davrda odatda subfebril bo`ladi. Keyinchalik amyobiazga xos bo`lgan yo`g`on ichakda o`zgarishlarning klinik belgilari yuzaga chiqadi. Kasallik boshlanishida ich sutkasiga 4—6 marta ketib, shilliq va qon aralash bo`ladi. Keyinchalik ish sutkasiga 10—20 m artagacha ketadi, najas o`z xarakterini yo`qotadi, unda shishasimon shilimshiqlar kokpayadi. Keyinchalik qon aralash ich ketadi, bu esa malinali jeleni eslatadi. Kasallikning o`tkir davrida qorinda doimiy ogʻriq kuzatiladi, u defekatsiya vaqtida kichayadi. Bemorni azob beradigan tenezmlar bezovta qiladi. Paypaslaganda ogʻriq ko`proq ko'richak va ichakning ko'tariluvchi qismida aniqlanadi.

Tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikni aniqlash epidemiologik ma’lumotlar va klinik belgilarga asoslangan. Rektoromanoskopiya yordamchi usul hisoblanadi. Mikroskop ostida eritrositlarni fagositoz qilgan amyobaning katta vegetativ (to'qima) shakllarining topilishi tashxisning laboratoriya tasdigl hisoblanadi. Najas defekatsiyadan keyin 20 m inutdan kechiktirilmasdan tekshirilishi zarur (amyobalarning to`liq shakllari tez parchalanadi). Tekshirish uchun najas avtoklav yoʻli bilan zararsizlantirilgan shisha idishlarga olinadi, chunki dezinfeksiyalovchi moddalarning arzimagan miqdordagi qoldiqlari ham amyobalar oʻlimiga sabab boiadi. Serologik tashxis qoʻyishda bilvosita immuno-fluoressensiya reaksiyasi (BIFR) qoʻyiladi, mazkur reaksiya bemor zardobida spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan (tashxis titri 1:80). Bemorlarda bu reaksiya 90—100% gacha ijobiy natija beradi, bu reaksiya amyobalarning boʻshliq shakllarini tashuvchilarda ijobiy natija bermaydi. Jigar abssessida bu reaksiya barcha bemorlarda katta titrlarda ijobiy boiadi. BGAR uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki u dizenteriya amyobasi bilan ilgari zararlangan bo`lsa ham ijobiy natijani koʻrsatadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Амебиаз: симптомы и профилактика заболевания[1]
  • Амебиаз – что это такое?[2]
  • Определение болезни Амебиаз. Причины заболевания[3]
  • Саркоидоз. Причины, симптомы, признаки, диагностика и лечение[4]
  • Саркоидоз - заболевание легких[5]
  1. https://mariupolrada.gov.ua/ru/news/amebiaz-simptomi-i-profilaktika-zahvorjuvannja
  2. https://mpya.ru/patsientam/meditsinskij-slovar/amebiaz
  3. https://probolezny.ru/amebiaz/
  4. https://medfnpr.ru/about/articles/sarkoidoz-prichiny-simptomy-priznaki-diagnostika-i-lechenie/
  5. https://alfazdrav.ru/zabolevania/zabolevaniya-legkikh/sarkoidoz/