Kontent qismiga oʻtish

Sara Bonnici

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sara Bonnici
Bonnici 2024-yilda
Bonnici 2024-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Sara Bonnici
1998-yil 30-may (1998-05-30) (28 yosh)
Janrlar Pop
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2009–hozirga qadar
Fuqaroligi Malta

Sara Bonnici (Maltese talaffuz: [ˈsɐrɐ bɔˈnːiːt͡ʃɪ]; 1998-yil 30-mayda tugʻilgan) – maltalik qoʻshiqchi. U „Loop“ qoʻshigʻi bilan 2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta nomidan ishtirok etgan[1].

Sara Bonnici 1998-yil 30-mayda Maltaning Gozo orolida tugʻilgan[2]. U Mercury Tower va Ħamrun Spartans bosh direktori Marcel Bonnicining qizidir[3]. Sara Bonnici Buxgalteriya hisobi boʻyicha magistr darajasiga ega[4].

Singer Sarah Bonnici performing in Madrid
Sara Bonnici PrePartyES 2024 davomida Madridda chiqish qilmoqda

Sara Bonniciga yoshligida Miriam Christine ustozlik qilgan[5]. 2009-yilda u Maltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida, keyin esa 2009-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan va „Mambo qoʻshigʻi“ bilan uchinchi oʻrinni egallagan[4][6]. Keyingi yili u L-Għanja Tal-Maltin qoʻshiq festivalining 4-mavsumida gʻolib boʻlib, oʻz yosh guruhida Miriam Christine tomonidan yozilgan qoʻshiq bilan birinchi oʻrinni egallagan va xuddi shu tanlovda „Eng yaxshi ovoz“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan[7]. 2010-yilda u Maltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida „Kitty Kitty Cat“ qoʻshigʻi bilan 7-oʻrinni qoʻlga kiritgan[8]. Bu gʻoliblik unga Malta vakili Nicole Azzopardi bilan 2010-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etish imkoniyatini bergan[5].

Oʻsmirlik yillarida u oʻzining tugʻilgan joyi Maltadan tashqarida bir nechta xalqaro qoʻshiq tanlovlarida, jumladan Bolgariyadagi Trixie festivalida, Ruminiyadagi Karpat yulduzlari festivalida va Vengriyadagi „Star to Born“ festivalida qatnashgan[4]. Sara Bonnici Ruminiyada boʻlib oʻtgan Ti Amo festivalida oʻz toifasida birinchi oʻrinni egallagan va „Vivrà ancora“ qoʻshigʻi bilan original qoʻshiq toifasida gʻolib boʻlgan[4]. U 2012-yilda Kanzunetta Indipendenza festivalining „Yangi isteʼdod“ nominatsiyasida[9] va 2018-yilda ayni shu festivalning asosiy toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[10]. Oradan koʻp oʻtmay, u X Factor Maltaning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan[11][4].

Sara Bonnici Maltadagi Eurovision 2022 qoʻshiq tanlovida Aidan tomonidan yozilgan „Heaven“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 12-oʻrinni egallagan[12]. 2023-yil 18-oktabrda u Maltadagi Eurovision 2024 qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari orasida „Loop“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan, keyinchalik u 27-oktabr kuni yarim final bosqichining birinchi shousida chiqish qilish uchun qur’a tashlash marosimida qatnashgan[13]. Noyabr oyi oxirida chiqqan yakuniy natijalarga koʻra, Sara Bonnici 2024-yil 3-fevralda finalga saralangan ishtirokchilaridan biri sifatida qatnashishi eʼlon qilingan[14]. U yerda Sara Bonnici hakamlar hay’atining ovoz berishi bilan keyinga bosqichga oʻtgan va jami 102 ball toʻplagan holda birinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng, u 2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta vakili sifatida tanlab olingan[6]. Sara Bonnici 2024-yil 9-may kuni ikkinchi yarim finaldan oʻta olmagan va 13 ochko bilan musobaqada 16-oʻrinni egallagan[15][16].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sarlavha Yil Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Albom yoki EP
MLT[17]
„Bandwagon“ 2015-yil Albom boʻlmagan singllar
„Breathe Your Love“ 2017-yil Albom boʻlmagan singllar
Il-Pinna 2018-yil Albom boʻlmagan singllar
„Heaven“ 2022-yil Albom boʻlmagan singllar
„Never Ever“ 2023-yil Albom boʻlmagan singllar
„Loop“ 2024-yil 1Albom boʻlmagan singllar
„Hold me closer“ Albom boʻlmagan singllar
„Lose“ 7Albom boʻlmagan singllar
„—“ oʻsha hududda yozilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.
  1. „Sarah Bonnici heads from Malta to Malmö“ (en). eurovision.tv. European Broadcasting Union (2024-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  2. Conte. „Malta: Who Is Sarah Bonnici?“. Eurovoix (2024-yil 5-fevral).
  3. Diacono. „Watch: Mercury CEO And Football Club Head In Strong Takedown Of Malta's 'Amateur Mindset'“ (en-GB). Lovin Malta (2024-yil 21-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-fevral.
  4. 1 2 3 4 5 Stivala. „Who Is Sarah Bonnici, Malta's Eurovision 2024 Winner?“ (en-GB). Lovin Malta (2024-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  5. 1 2 Giunta. „Eurovision 2024: Sarah Bonnici con "Loop" per Malta“ (it-IT). Eurofestival Italia (2024-yil 3-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  6. 1 2 Magri. „Sarah Bonnici to represent Malta at the Eurovision Song Contest“ (en). Times of Malta (2024-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  7. „Song Festival winners“. The Malta Independent (2010-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  8. „MALTA 2010 - Malta - Nicole Azzopardi - Knock Knock... Boom Boom!“ (en-US). escYOUnited (2010-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  9. „Full Results of the KKI 2012“ (mt). music-news.com (2012-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  10. „Sarah Bonnici tirbaħ il-Konkors Kanzunetta Indipendenza 2018“ (mt). NETnews (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  11. Pace. „Sarah Bonnici: 'Leaving Gozo to live and study in Malta has been my biggest challenge'“ (en). MaltaToday.com.mt (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  12. „Record TV audience – over half a million viewers watch Eurovision Song Contest“ (en-GB). TVMNews+. PBS (2022-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  13. Granger. „Malta: Malta Eurovision Song Contest 2024 Show One Participants Announced“. Eurovoix (2023-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  14. Cano Alcalá. „MESC 2024: Conoce los 12 finalistas que aspiran a representar a Malta en Eurovisión 2024“ (es-ES). ESCplus España (2023-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
  15. Adams. „Eurovision 2024: Semi-Final 2 Results and Qualifiers“ (en-US). wiwibloggs (2024-yil 9-may). 2024-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  16. Sturtridge, Isaac. „REVEALED: The Eurovision 2024 semi-final and final jury/televote detailed voting results“ (en-GB). ESCXTRA. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
  17. Peak chart positions for singles in Malta:
Oʻtmishdoshi:
The Busker „Dance (Our Own Party)“ qoʻshigʻi bilan
Malta Eurovision qoʻshiq tanlovi
2024
Vorisi:
TBD