Sano (oʻt)
Qiyofa
Sano (Cassia), makkai sano, senna — sezaljindoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari yerga tegib usadi. Bargi murakkab, juft patsimon, 5—10 juft ingichka bargchali: guli oq yoki qizgʻish, toʻpguli shingilsimon. Changchisi 10 ta, shundan 3 tasi koʻpincha reduksiyalangan. Asosan, tropik va subtropiklarda (ayniqsa, Amerikada) oʻsadigan 500—600 turi bor. Toʻmtoq bargli, ingichka bargli va oʻtkir bargli S. dorivor. Arabistonda tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Zakavkazye, Ukrainaning janubida oʻstiriladi. Oʻtkir bargli S. ning bargi tarkibida ichni yumshatuvchi antraglikozidlar bor. Bargidan poroshok tayyorlanadi, qaynatib suvi ichiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |