Sandra Nasić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sandra Nasić

Sandra Nasić (Sandra Nasich) - nemis qoʻshiqchisi. U Guano Apes guruhining vokalchisi boʻlgan. Sandra 1976-yil 25 mayda Germaniyaning Gettingen shahrida tugʻilgan.

Yuqori maktabni tamomlaganidan soʻng u Sanʻat va Dizaynni oʻrganishni koʻzlaydi. Ammo, bir kuni, universitet kechasida u boʻlajak guruhining uch aʻzosini uchratadi. Oz tortishuvlardan soʻng u ular bilan mashq qila boshlaydi.

Sandra ayol rok qoʻshiqchisi uchun noyob ovozga ega, u birgina qoʻshiq ichida agressivlik va shu bilan bir qatorda ayollarga xos mayinlikni jamlay oladi. Sandraning yoʻnalishi uning karyerasi boshlashidanoq musiqiy sahnada individualchi qildi. Uni Serj Tankian (System of a Down), Chino Moreno (Deftones) va Korn kabi koʻpgina erkak qoʻshiqchilar bilan solishtirishardi. Ular esa oʻz navbatida Sandraning yoqtirgan guruhlari edi va unga ularning musiqiy taʻsirining ahamiyati katta edi.

2001-yilda u eng yaxshi qoʻshiqchi sifatida EinsLive Krone mukofotiga loyiq deb topiladi.

Yakkahon albom[tahrir]

2005-yil fevralda Guano Apes oʻzlarining eng buyuk hitlari terilgan albom - "Planet of the Apes" qoʻlloviga hayrlashuv turlarini yakunlaganlaridan soʻng, Sandra yakkahon holda faoliyatini davom ettirishi haqida eʻlon qildi.

Uning The Name Of My Baby qoʻshigʻini oʻz ichiga olgan debyut singli Fever 2007-yil, 14-sentyabrda chiqdi.

Amazon.de sahifasida uning "The Signal" nomli albomining reliz sanasi 2007-yil 28-sentyabrga belgilangan.

Albomning trek-listi:

  1. "The Name Of My Baby"
  2. "Sorry"
  3. "Right Lane"
  4. "Fever"
  5. "Mecasanova (Yamyam)"
  6. "Do It Again"
  7. "Stop The Crying"
  8. "Old Shack"
  9. "Big City"
  10. "Perfume"
  11. "The Signal"
  12. "Counting Trees"
  13. "Ireen"
  14. "Fever (Video)"
  15. "The Name Of My Baby (Video)"

Ireen taronasi hamda ikki video - Fever va The Name Of My Baby faqatgina chegaralangan adadda chiqishi kutilmoqda.

Havolalar[tahrir]