Samsung Galaxy S20

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samsung Galaxy S20
Ishlab chiqaruvchi Samsung
Turi Smartfonlar / tabletlar
Chiqarilgan sanasi 6-mart, 2020-yil (4 yil avval) (2020-03-06)
Operatsion tizimi Android 10

Samsung Galaxy S20 — Samsung Electronics tomonidan ishlab chiqarilgan Android asosidagi smartfon. Samsung Galaxy S20 smartfoni, Samsung Galaxy S20+ va Samsung Galaxy S20 Ultra bilan birgalikda Samsung kompaniyasining San-Fransisko shahrida boʻlib oʻtgan Galaxy Unpacked 2020-yil 11-fevraldagi koʻrgazmasida namoyish etildi[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samsung kompaniyasining San-Fransisko shahrida boʻlib oʻtgan Galaxy Unpacked 2020-yil 11-fevraldagi koʻrgazmasi Galaxy Z Flip taqdimoti bilan boshlandi, yana Galaxy Buds+ quloqchini namoyish etildi. Lekin mazkur marosimning asosiy qurilmalari — Samsung Galaxy S20, Samsung Galaxy S20+ va Samsung Galaxy S20 Ultra turkumidagi flagmanlar boʻldi[2][3]. Telefonning nomi dastlab Galaxy S11 deb taxmin qilingan edi, chunki u avvalgi Galaxy S10 dan keyingi smartfon edi. Biroq, 2020-yil yanvar oyida ketma-ket sizdirilgan maʼlumotlar telefon nomini ochib berdi Galaxy S20[4]. Bundan tashqari, telefonga oid tafsilotlar chiqarilishidan oldin keng tarqalib ketdi, shuning uchun telefonning texnik xususiyatlari va dizayniga oid deyarli barcha tafsilotlar chiqarilishidan oldin ma'lum bo'ldi. Leaker Maks Vaynbax haqiqiy telefonni chiqarilishidan bir oy oldin qo'lga kiritdi va bu odamlar taxmin qilgan hamma narsani tasdiqladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, fevral oyigacha "kompaniya taqdim etishni rejalashtirayotgan barcha narsalar allaqachon sizib chiqib ketgan."[5] Telefonning texnik xususiyatlariga oid jadvallardan tashqari, marketing materiallari va telefonlarning real hayotdagi tasvirlari ham sizdirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rebecca, Fleenor „Samsung Galaxy S20 Unpacked event 2020“ (inglizcha). Cnet. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  2. Jagmeet, Singh „Samsung Galaxy Unpacked 2020: Samsung Galaxy S20 Series, Galaxy Z Flip, Galaxy Buds+, and More Expected“ (inglizcha). Gadgets360. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  3. DIMAX „Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra taqdim qilindi – narx va jihatlari“ (oʻzbekcha). Terabayt. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  4. Jessica, Dolcourt „Galaxy S20 vs Galaxy S11: Samsung's rumored name change makes my head spin“ (inglizcha). Cnet. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  5. Yoni, Heisler „Samsung’s full Galaxy S20 lineup just leaked in a real-life photo“ (inglizcha). BGR. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.