Sally Rooney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sally Rooney(1991-yilning 20-fevralida tugʻilgan)- irlandiyalik yozuvchi va ssenariynavis. Rooney shu paytgacha uchta romanini nashr etgan. Bular:"Conversations with Friends"(2017), „Normal People“(2018) va „Beautiful World,Where Are You“(2021).Birinchi ikkitasi „Normal People“(2020) va „Conversations with friends“(2022) telivizor mini-seriallariga moslashtirilgan.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rooney 1991-yilda Mayo okrugining Kaslebar shahrida tugʻilgan[1].Oʻsha yerda oʻsgan va hozir ham shu joyda yashaydi. Uning otasi Kieran Rooney Telecom Éireann kompaniyasida ishlagan, onasi Marie Farrell esa sanʼat markazida boshliq boʻlib ishlagan. Rooneyning akasi va bitta singlisi bor. Sally rooney Dublindagi Trinity kollejida ingliz tilini oʻrgangan va 2011-yilda olim etib tayinlangan[2].Keyinchalik oʻsha yerda siyosat boʻyicha magistrlik darajasini boshlagan ammo oʻqishni tugatmagan, buning oʻrniga Amerika adabiyoti boʻyicha 2013-yilda magistr darajasini oladi. Dublindagi Trinity kollejida oʻqiyotganda Rooney universitet munozarachisi boʻlgan va oxir-oqibat 2013-yilda Yevropa universitetlari oʻrtasidagi bahs-munozara chempionatida eng yaxshi debatchi boʻlgan. Yozuvchi boʻlishdan oldin u restoranda administrater boʻlib ham ishlaydi. Rooney oʻzining birinchi romanini 15 yoshida yozdi va buni „absolute trash“ deydi yaʼni bu asar yaroqsiz deb aytadi. Uning birinchi nashr etilgan asarlari oʻrta maktabda oʻqib yurganida „The Stinging Fly“ jurnalidagi ikkita sheʼri hisoblanadi.2014-yilning Rooney oxirida doimiy ravishda yozishni boshlaydi. Rooney Amerika adabiyoti boʻyicha magistraturada oʻqiyotganda „Conversations with friends“ romanini tugatadi. Uning ishi tanqidchilar tomonidan eʼtirof etiladi va ming yillikning eng yaxshi yozuvchilaridan biri deb aytiladi.Time jurnalida esa 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishilar orasiga kiritiladi[3].Rooney bolaligidagi ona shahri Kastlebarda yashaydi va matematika oʻqituvchisi John Prasifka bilan oila quradi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rooney shu yillar davomida turli xil mukofotlarni qoʻlga kiritadi[4]:

  • The Sunday Times Young Writer of the Year(2017)
  • Irish Book Awards Novel of the Year – Normal People(2018)
  • Costa Book Awards – Normal People(2018)
  • Encore Award – Normal People(2019)
  • Dalkey Literary Awards – Beautiful World, Where Are You(2022)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „https://www.easons.com/author-pages/sally-rooney“ (inglizcha). Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. „Olimlarning isimlari royhati“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  3. „Time jurnali 2022“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  4. „Sally Rooney mukofotlari“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.