Kontent qismiga oʻtish

Salburun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salburun

Salburun sport markalarining birlashtirilgandagi holati
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot Salburun federatsiyasi
Qachondan beri 2006-yil
Xarakteristikalari
Turkum Milliy sport
Mintaqa Qirgʻiziston

Salburun — Qirgʻizistondagi yirtqich qushlar va itlar bilan o'tkaziladigan murakkab ov oʻyini hisoblanadi[1]. Lochin o'yini, kamondan oʻq otish (baʼzan otda turgan holda oʻq otish) va taygan ovini oʻz ichiga oladi[2]. Salburun o'yini koʻchmanchilarning ov qilish va boʻri kabi yirtqichlardan podalarini himoya qilish anʼanasidan kelib chiqqan. Festivalning eng ajoyib bosqichi esa qirgʻiz zotiga mansub tayganlar tomonidan boʻrini oʻldirish hisoblanadi. Festivalning keyingi bosqichi burgutlar bilan ov qilishdir[3]. Festival qirgʻiz xalqining milliy boyligini rivojlantirish va targʻib qilishga qaratilgan. Qirgʻiz tilidan soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „salburun“ soʻzi „ovchining mahorati“ degan maʼnoni anglatadi[3].

Salburun o'yini tasvirlangan SSSR markasi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi oʻyinlar 2006-yilda Ton viloyatida oʻtkazilgan. Oʻshandan beri ular koʻpincha mahalliy tarzda o'tkazib kelinadi[4][5]. 2010-yilda Salburun tashkiloti federatsiya sifatida rasman roʻyxatdan oʻtadi. Keyinchalik Respublika Milliy sport turlarini rivojlantirish markazi salburunni milliy sport turi sifatida akkreditatsiya qildi. Xuddi shu yili federatsiya IAF tashkilotiga (Lochinlar va yirtqich qushlarni himoya qilish boʻyicha Butunjahon lochinlar assotsiatsiyasi) aʼzo boʻldi[4].

Qoidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanlov yakunida turli yoʻnalishlar boʻyicha gʻoliblar taqdirlanadilar. Qoidalarga koʻra, agar Salburun oʻyinchisi imkoniyatga ega boʻlsa, u barcha turdagi oʻyinlarda qatnashadi, lekin gʻoliblar har bir tur boʻyicha mustaqil ravishda aniqlanadi.

Burgut bilan ov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa 4 kishidan iborat boʻladi. Yetakchi va 3 ta yordamchi. Qoidalarga koʻra ishtirokchilar burgutlarni ikki xil mashqda sinashadi: chirga va undoq[6].

Lochin bilan ov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa yetakchi va 3 ta qushning egalaridan tashkil topadi. Bu turdagi oʻyinda asosan lochinning tezligi baholanadi. Har bir ishtirokchiga lochinini sinash uchun 3 daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt ichida lochin parvoz qilib osmondagi vabiloni tutib olishi lozim.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бүркүт салуу“ (ru). Worldnomadgames.com. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  2. „Фестиваль национальной охоты Салбуурун“. Национальный фонд Святого Трифона. 2011-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  3. 3,0 3,1 „'Salburun'“ (en). Occupyforanimals.net. 2018-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. 4,0 4,1 Назарбек Байжигитов. „Ядро национальных игр – в «Манасе»“. Gezitter.org (2014-yil 3-sentyabr). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  5. „Акунов: салбуурун должен стать брендом Кыргызстана“ (ru). Sputnik Кыргызстан (2015-yil 3-mart). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  6. „Игры кочевников: салбуурун — правила“ (ru). Sputnik Кыргызстан (2018-yil 16-avgust). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.